Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix14.04.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#55429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 

VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 

ISSN: 2181-1385 

   Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 

 

 

Academic Research, Uzbekistan                    260                                                          www.ares.uz 

bundan  2-3  yil  avval  OAVdagi  bunday  ochiqlikni  ko‗pchilik  tasavvur  ham  qila 

olmasdi. 

Ammo davlat organlari va OAV o‗rtasida hamkorlik qanday yo‗lga qo‗yilgani 

haqidagi savolga javob yo‗q. To‗g‗risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan 

ishlashni  ikkinchi  va  hatto  beshinchi  darajali  ish  deb  qaramoqda.  Ba‘zi  tashkilotlar 

Axborot  xizmati  vakillariga  yetarli  sharoit  yaratib  bermagan.  Shu  kungacha  20  ga 

yaqin  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruv  organlarida,  150  dan  ortiq  tuman,  shahar  va 

viloyat  hokimliklarida  Axborot  xizmatlari  tashkil  qilinmagan.  Boriga  ham  yana 

boshqa  ishlar  topshirib  qo‗yilganki,  u  o‗z  ishi  bilan  shug‗ullanishga  ulgurmaydi 

ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖[2].  

Bunday  tanqidiy-tahliliy  fikrlarga  yana  bir  misol  tariqasida 

www.uza.uz

  saytida 

berilgan  ―Saida  Mirziyoyeva:  ―Axborot  xizmatlari  tizimini  tubdan  takomillashtirish 

lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan 

xabarga  ko‘ra  ―Hyatt  Regency  Tashkent‖  mehmonxonasida  ―OAV  sohasida  milliy 

qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika 

konferensiyasi  o‘tkazilgan.  Konferensiyada  agentlik  direktor  o‘rinbosari  Saida 

Mirziyoyeva  ham  o‘z  ma‘ruzasi  bilan  ishtirok  etgan.  Ma‘ruzada  ta‘kidlanishicha, 

o‘tkazilgan  tahlillar  va  o‘rganishlar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  sohada  eng  asosiy 

muammo,  bugungi  kunda  yagona  davlat  axborot  siyosati  to‘g‘risidagi  konseptual 

hujjatning  mavjud  emasligidir.  Hozirda  esa  ushbu  hujjat  tayyorlanmoqda. 

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‗z nutqida davlat va xo‗jalik tashkilotlari Axborot 

xizmatlari  faoliyatidagi  mavjud  kamchiliklar  xususida  alohida  to‗xtaldi.  Sohada  ish 

hajmining  ko‗p,  zamonaviy  talablarga  javob  bera  olmayapti.  Mavjud  sharoitlarning 

yetarli darajada emasligi sabab axborot  xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib 

ketmoqda.  O‗ndan  ortiq  respublika  darajasidagi  tashkilotlar,  ko‗pgina  tuman  va 

shahar  hokimliklarida  haligacha  axborot  xizmati  faoliyati  tashkilotlari  etilmagan. 

Ko‗plab  davlat  va  xo‗jalik  tashkilotlari  veb-saytlari,  ijtimoiy  tarmoqlardagi  rasmiy 

sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. 

– Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy 

tarmog‗idagi  rasmiy  sahifalariga  murojaat  qiluvchilar  soni  150  ming,  Telegram 

tarmog‗ida  a‘zolar  300  ming  nafardan  oshmaydi,–  dedi  Saida  Mirziyoyeva.– 

O‗zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga 

olsak, yuqoridagi ko‗rsatkichlardan o‗zingiz xulosa olishingiz mumkin. 

Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o‗tar ekan, «Axborot 

xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy ta‘kidladi‖[3]. 




Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin