Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix14.04.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#55429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 

VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 

ISSN: 2181-1385 

   Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 

 

 

Academic Research, Uzbekistan                    261                                                          www.ares.uz 

Mamlakatimizda  Axborot  xizmatlari  tizimini  takomillashtirish  borasida  muhim 

qadamlar  qo‗yildi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  15 

fevral  kuni  e‘lon  qilingan  ―O‗zbekiston  Respublikasi  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi 

organlarining  axborot  xizmatlari  faoliyatini  yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‗g‗risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‗lib 

xizmat qiladi. 

Qarorda qayd  etilganidek, hozirgi  shiddat bilan  rivojlanayotgan  dunyoda  axborot va 

bilim  eng  muhim  milliy  resurslarga,  ularni  yaratish  va  tarqatishni  ta‘minlovchi 

tizimlar  esa  –  barqaror  rivojlanishning  strategik  omillariga  aylanmoqda.  Ushbu 

sharoitlarda  O‗zbekistonda  demokratik  huquqiy  davlatni  va  ochiq  adolatli  fuqarolik 

jamiyatini  qurish,  shuningdek,  insonning  huquq  va  erkinliklari  himoya  qilinishini 

ta‘minlashdek  strategik  maqsadga  erishish,  davlat  boshqaruvining  sifati  davlatning 

axborot,  bilim  va  innovatsiyalarga  asoslangan  modeliga  o‗tishini  ta‘minlaydigan 

axborotni  va  bilimni  yaratish,  qabul  qilish  va  tarqatish  imkoniyatlari  bilan 

belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‗jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va 

shaffoflikka  asoslangan  samarali  qarorlar  qabul  qilish  tizimini  joriy  etish,  axborot 

olishda  mansabdor  shaxslarning  jamiyat  oldidagi  hisobdorligi,  ochiqligi  va 

mas‘uliyatini  ta‘minlash  zarur.  Bu  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruvi  apparatining 

samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti 

hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan 

keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat 

hokimiyatining  birdan-bir  manbaidir»  degan  konstitutsiyaviy  normani  amalga 

oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat 

qilishi kerak» degan ezgu g‗oyani ro‗yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. 

 

Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 



jamiyatini  rivojlantirishda  OAV  alohida  o‗rin  tutadi.  Chunki  aynan  OAV 

globallashuv  sharoitida  yurtimizda  kechayotgan  eng  muhim  voqealar,  amalga 

oshirilayotgan  yangilanishlar,  qabul  qilinayotgan  normativ-huquqiy  hujjatlarni  keng 

yoritish orqali davlat va jamiyat o‗rtasida o‗ziga xos ko‗prik vazifasini bajarmoqda. 

Mazkur  qonun  axborotdan  foydalanish  erkinligini,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlari 

mansabdor 

shaxslarining 

jurnalistga 

zarur 


axborotni, 

qonunda 


belgilanganidek,  7  kunlik  muddatda  taqdim  etish  majburiyatini  ta‘minlash  orqali 

ushbu  kafolatlarni  yanada  mustahkamlaydi.  Bu  axborot  olishdagi  ba‘zi  paysalga 

solish  holatlarini  bartaraf  qiladi,  shuningdek,  jurnalist  materialining  tezkorligini, 

ishonchliligini hamda sifatli bo‗lishini ta‘minlaydi.  





Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin