Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix14.04.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#55429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 

VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 

ISSN: 2181-1385 

   Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 

 

 

Academic Research, Uzbekistan                    262                                                          www.ares.uz 

 

Jamiyatda  oshkoralikni  ta‘minlash  oson  kechmaydi.  Unga  to‗sqinlik 



qiladiganlar  uchrab  turishi  sir  emas.  Biroq,  qandaydir  to‗sqinlik  bor  ekan,  deb  qo‗l 

qovushtirib  o‗tirish  ham  yaramaydi.  Burgaga  achchiq  qilib,  ko‗rpaga  o‗t  qo‗yish  – 

oshkoralikni ta‘minlash yo‗lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo‗yish bilan 

barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan 

javob  topish  yagona  to‗g‗ri  yo‗ldir!  Ana  shundagina  amalda  haqiqiy  oshkoralikka 

erishish  mumkin. Oshkoralik  mohiyati  –  jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda 

ish yuritish demak. 

―El-yurtimizning  ezgu  orzu-istaklarini  ro‗yobga  chiqarish,  bu  yo‗lda  g‗ov  bo‗lib 

turgan  turli  to‗siqlarni,  byurokratizm,  loqaydlik,  ta‘magirlik,  korrupsiya  kabi  salbiy 

illatlarni  dadillik  bilan  ko‗tarib  chiqib,  ularga  qarshi  murosasiz  jamoatchilik  fikrini 

shakllantirishni o‗z kasbi, o‗z hayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni 

men  haqiqiy  jurnalist  deb  hisoblayman,–  deb  ta‘kidladi  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot 

vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‗z so‗zi 

uchun  mas‘uliyat  hissi,  ayni  vaqtda  yuksak  grajdanlik  pozitsiyasi,  ma‘naviy  jasorat 

ham  talab  etiladi.  Bunday  maqsadga  erishish  uchun  ommaviy  axborot  vositalariga 

qonunchilik  nuqtai  nazaridan,  moddiy-texnik,  o‗quv-uslubiy  ta‘minot  nuqtai 

nazaridan  yanada  keng  imkoniyatlar  yaratib  berishimiz  kerak‖  [1].  Darhaqiqat, 

jamiyatda,  uning  zamonaviy  boshqaruv  tizimida  oshkoralikni  ta‘minlash, 

jamoatchilik  bilan  aloqalarni  takomillashtirishda  jurnalistlarning  ana  shu  sa‘y-

harakatlari  jamiyat  boshqaruvi  tizimida  o‗z  samarasini  ko‗rsatishi  shubhasiz. 

Oshkoralik  asosan  matbuot  erkinligi  bilan  chambarchas  bog‗liq  ekan, 

mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni, 

O‗zbekiston  Respublikasining  «Ommaviy  axborot  vositalari  to‗g‗risida»gi  qonuni 

(yangi  tahriri)  5-moddasi  «Ommaviy  axborot  vositalari  erkinligi»  deb  nomlangan 

bo‗lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida 

nazarda  tutilmagan  bo‗lsa,  ommaviy  axborot  vositalarida  chiqish,  o‗z  fikri  va 

e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir»[4]. 

Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o‗sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savol 

tug‗iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko‗rsatayotgan mutasaddilargina 

tegishli  qonunlarda  belgilangan  vazifalarni  bajarishlari  taqozo  etiladi.  Yuqorida  zikr 

etilgan matbuot erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga 

tushishini  izohlashga  hojat  yo‗q.  Haqiqiy  demokratik  matbuot  ko‗rsatma  asosida 

yashay  olmasligi  haqida  aytilgan  fikrlar  amalda  o‗z  ifodasini  topishi  zarur.  Bu  o‗z 





Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin