Academic research in educational sciences


Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta‘lim mazmunini belgilash



Yüklə 438,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.08.2022
ölçüsü438,15 Kb.
#63300
1   2   3   4   5   6   7   8
klaster-talim-tizimining-uzluksizligi-uzviyligi-va-izchilligini-taminlovchi-model-sifatida

Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta‘lim mazmunini belgilash 
muammosiga doir ikki xil qarash mavjud: 
а) “shakl ma‘lumot” tarafdorlari; 
b) “moddiy ma‘lumot” tarafdorlari; 
“Shakl ma‘lumot” tarafdorlari maktab ta‘limi mazmuni o’quvchilarning fan 
asoslarini o’rganishini emas, balki atigi yoshlarning qobiliyat va tasavvurlarini 
o’zgartirishi zarur deb hisoblaydilar. Shunga ko’ra ularning tavsiyasida ta‘limning 
tillar (lotin, yunon) va matematika fanlaridan tashkil topishi zarurligi belgilab 
qo’yildigan edi. Bunday yondashuv oqibatida maktablar ta‘limi turmushdan ajralib 
qoldi. 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 999  www.ares.uz 
“Moddiy ma‘lumot” nazariyasi tarafdorlari maktab ta‘limida yoshlarga 
turmushda foyda beruvchi ilmlar o’rgatilsa kifoya, bola qobiliyati rivojlanaveradi. 
Alohida fanlarni o’qitish shart emas, degan fikrni olg’a surdilar. 
Yuqorida ta‘kidlangan har ikkala nazariyalar ham amaliy hayotda o’z isbotini 
topmadi va pedagogika fani nazariyotchilari tomonidan o’tkir tanqid ostiga olindi. 
Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida oʼquvchini sogʼlom va ijodiy shaxs 
sifatida rivojlantirishga qaratilgan maktab taʼlimining yangi tushunchalari zarurdir. 
Taʼlim sifati masalasini oʼrganishda oʼqituvchilarning oʼzlari maktab taʼlimi sifati 
haqidagi fikrlarini oʼrganishi juda muhim boʼlib, bu ularning malakasini oshirish 
jarayonining maqsadi va mazmunini moslashtirishga imkon beradi. Shu maqsadni 
amalga oshirish uchun Toshkent viloyatida yaratilgan pedagogik taʼlim innovatsion 
klasteri platformasi doirasida mintaqadagi bir qator maktablarda oʼqituvchilar oʼrtasida 
yana bir qator mazmundagi soʼrov va anketalar oʼtkazildi.
Uzluksiz taʼlimda fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini 
taʼminlashni klaster modeli asosida tashkil qilish taʼlimni innovatsion boshqarish 
boʼlib, unda innovatsion jarayonlarni jadallashtirish asosida oʼzaro hamkorlikdagi 
ziddiyatlarni bartaraf etish muhim shartlardan biridir. Maʼlumki, taʼlimda 
boshqaruvning maqsadi – taʼlim sohasida oʼquvchilarninig bilim darajasini oshirish, 
ularda mazkur bilimlardan amalda foydalanish koʼnikmasini shakllantirishdan 
iboratdir. Taʼlimni boshqarish – taʼlim tizimining ishlashi va rivojlanishini tashkil 
etishga yoʼnaltirilgan barcha darajadagi boshqaruv subʼektlarining maqsadli faoliyati 
boʼlib, “boshqaruv” tushunchasi odatda tizimning bir holatdan yanada sifatliroq 
holatga oʼtishi sifatida tavsiflanadi va bunda quyidagi jihatlarga alohida eʼtiborni 
qaratish muhimdir: birinchi – tizimni saqlash, uning barqarorligini quvvatlash 
maqsadida boshqarish, yaʼni maʼmuriy boshqaruv, ikkinchi jihat – tizim yangi sifat 
holatiga oʼtishini, yaʼni muttasil rivojlanishni taʼminlovchi boshqaruv. 
NATIJALAR 
Uzluksiz taʼlim tizimini innovatsion yondashuv asosida samarali boshqarish 
mezonlari quyidagilarda oʼz aksini topadi:
- pedagogik jarayonning yangi shakllari, usullari, vositalari va texnologiyalari 
joriy etilishi; 
- boshqaruvda yangi yoʼnalishlardan foydalanish; 
- iqtisodiyot 
sohasidagi boshqaruv fanlaridan amaliy koʼnikmalarni 
rivojlantirish; 
- oʼrta taʼlim muassasasida innovatsion yondashuv asosida oʼqituvchilarning 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish; 



Yüklə 438,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin