Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 438,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix27.08.2022
ölçüsü438,15 Kb.
#63300
1   2   3   4   5   6   7   8
klaster-talim-tizimining-uzluksizligi-uzviyligi-va-izchilligini-taminlovchi-model-sifatida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 996  www.ares.uz 
chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni 
mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
Mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga qaratilgan 
uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash 
tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va 
madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Taʼlim tizimini zamonaviylashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda uning 
asosiy tamoyillari, gʼoyalari, uslubiy yondashuvlari va koʼrsatmalari boʼyicha bir qator 
oʼzbek olimlar, jumladan, U.Sh.Begimqulov, O.Musurmonova, M.S.Mustafaeva, 
B.R.Аdizov, 
R.Sh.Аxliddinov, 
Yu.N.Аbdullaev, 
M.X.Mahmudov, 
R.Ishmuhammedov, L.V.Golish kabi tadqiqotchilar oʼz ilmiy izlanishlarida biz 
koʼtarib chiqayotgan taʼlim sifatini takomillashtirishdagi muammolar, usul va 
vositalarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslab, taʼlimni ijodiy tashkil etish, umumiy oʼrta 
taʼlimni takomillashtirish, taʼlimni demokratlashtirish va boshqa xususiyatlar boʼyicha 
izlanishlar olib borgan. 
Oʼzbekiston taʼlim tizimida klasterlashtirish modelini tatbiq qilish esa soʼnggi 
yillarda koʼzga tashlanmoqda, ayniqsa, G.I.Muxamedov, Sh.Q.Mardonov, 
U.N.Xodjamqulov, 
R.Eshchanov, 
B.Eshchanov, 
J.Usarov, 
A.Shafqorov, 
S.А.Toshtemirova kabi oʼzbek tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida pedagogik 
taʼlim innovatsion klasteri asosida mintaqaviy taʼlim turlari oʼrtasidagi uzviylikni 
taʼminlash, sifat samaradorligini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash boʼyicha 
innovatsion gʼoyalar joriy qilishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish va ularning 
amaliy tatbigʼi borasida samarali tajriba tahlillari bayon qilingan. 
“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini 
anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs 
ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi 
pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni 
shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish 
mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng 
muhim omildir. 
MUHOKAMA 
Kadrlar tayyorlash shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab 
chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs 
kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining 
iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi 



Yüklə 438,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin