Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 1, 2020 issn 2181-1385


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91629
1   2   3   4   5   6   7
pp. 128-134

 


Academic Research in Educational Sciences Vol. 1 No. 1, 2020 
ISSN 2181-1385 
 
Academic Research, Uzbekistan 

Page 129
 www.ares.uz


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Burg'ilash dastgohi - bu yerga silindrsimon teshik ochish uchun ishlatiladigan 
qurilish uskunalari hisoblanadi. Burg'ilash moslamalarining o'lchamlari sezilarli 
darajada farq qiladi: ularning vazni bir necha tonna bo'lishi mumkin yoki aksincha, bir 
kishi mashinani qo'l bilan harakatga keltirishi uchun yetarlicha yengil bo'lishi mumkin. 
Burg'ilash qurilmalari skvajinalar hosil qilish, foydali qazilma konlaridan namunalar 
olishi, toshlar, tuproq va yer osti suvlarining fizik xususiyatlarini tekshirishi mumkin. 
Ular er osti inshootlari uchun ham ishlatilishi mumkin: (tunnellar, quduqlar yoki 
kanalizatsiya). 
Quduqlarni burg'ilash turlari. Burg'ilash usullari mexanik va mexanik bo'lmagan 
turlarga bo'linadi. Mexanik bo'lmagan usullar fanda kam o'rganilganligi bois ular 
amalda deyarli qo'llanilmaydi. Mexanik burg'ilash usullari turli maqsadlarda 
foydalaniladigan quduqlarni burg’ilashda qo'llaniladi. Burg'ilash maxsus dolotalar 
yordamida amalga oshiriladi, bu esa kerakli o'lchamdagi quduqni hosil qilishni 
ta'minlaydi. 
Mexanik burg'ilash usullari o'z navbatida bir nechta turlarga bo'linadi:
 
Aylanma. 
 
Zarbli 
 
Tebranma (вибрацион). 
Burg’ilash usullarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, ammo ularning har 
biri qo’llanish sohasiga qarab kerakli natijaga erishishga imkon beradi. Aylanma 
burg'ilash eng samarali usuldir, chunki bu usul jarayonni to'xtatmasdan quduqdagi tog’ 
jinslarini chiqarib olish imkonini beradi. Shuningdek, aylanma burg’ilash usuli 
nisbatan arzon hisoblanadi, shuning uchun burg’ilash ishlarning katta qismi aynan shu 
turdagi burg'ilash usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Aylanma burg’ilash usuli quduqlarni burg'ilashning asosiy usuli bo'lganligi 
sababli, batafsilroq ko'rib chiqish lozim. Aylanma burg’ilash usuli uch turga bo'linadi: 
 
Kolonkali. 
 
Shnekli. 
 
Rotorli. 
Aylanma burg'ilash usuli turli mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarini 
burg’ilashda qo’llanilishi mumkin, shuning uchun aylanma burg’ilash har biri o'z 
maqsadi va xususiyatlariga ega bo'lgan uchta kichik turga bo’linadi. Quduqlarni 
aylanma usulda burg'ilashning umumiy jarayoni unchalik farq qilmaydi, ammo har bir 
usul faqat ma'lum mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina maqbul hisoblanadi. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin