Academic Research in Educational Sciences
Vol. 1 No. 1, 2020
ISSN 2181-1385
Academic Research, Uzbekistan
Page 129
www.ares.uz
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Burg'ilash dastgohi - bu yerga silindrsimon teshik ochish uchun ishlatiladigan
qurilish uskunalari hisoblanadi. Burg'ilash moslamalarining o'lchamlari sezilarli
darajada farq qiladi: ularning vazni bir necha tonna bo'lishi mumkin yoki aksincha, bir
kishi mashinani qo'l bilan harakatga keltirishi uchun yetarlicha yengil bo'lishi mumkin.
Burg'ilash qurilmalari skvajinalar hosil qilish, foydali qazilma konlaridan namunalar
olishi, toshlar, tuproq va yer osti suvlarining fizik xususiyatlarini tekshirishi mumkin.
Ular er osti inshootlari uchun ham ishlatilishi mumkin: (tunnellar,
quduqlar yoki
kanalizatsiya).
Quduqlarni burg'ilash turlari. Burg'ilash usullari mexanik va mexanik bo'lmagan
turlarga bo'linadi. Mexanik bo'lmagan usullar fanda kam o'rganilganligi bois ular
amalda deyarli qo'llanilmaydi. Mexanik burg'ilash
usullari turli maqsadlarda
foydalaniladigan quduqlarni burg’ilashda qo'llaniladi. Burg'ilash maxsus dolotalar
yordamida
amalga oshiriladi, bu esa kerakli o'lchamdagi quduqni hosil qilishni
ta'minlaydi.
Mexanik burg'ilash usullari o'z navbatida bir nechta turlarga bo'linadi:
Aylanma.
Zarbli
Tebranma (вибрацион).
Burg’ilash usullarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, ammo ularning har
biri qo’llanish sohasiga qarab kerakli natijaga erishishga imkon beradi.
Aylanma
burg'ilash eng samarali usuldir, chunki bu usul jarayonni to'xtatmasdan quduqdagi tog’
jinslarini chiqarib olish imkonini beradi. Shuningdek, aylanma burg’ilash
usuli
nisbatan arzon hisoblanadi, shuning uchun burg’ilash ishlarning katta qismi aynan shu
turdagi burg'ilash usuli yordamida amalga oshiriladi.
Aylanma burg’ilash usuli quduqlarni burg'ilashning asosiy usuli bo'lganligi
sababli, batafsilroq ko'rib chiqish lozim. Aylanma burg’ilash usuli uch turga bo'linadi:
Kolonkali.
Shnekli.
Rotorli.
Aylanma burg'ilash usuli turli mustahkamlikka ega bo’lgan tog’
jinslarini
burg’ilashda qo’llanilishi mumkin, shuning uchun aylanma burg’ilash har biri o'z
maqsadi va xususiyatlariga ega bo'lgan uchta kichik turga bo’linadi. Quduqlarni
aylanma usulda burg'ilashning umumiy jarayoni unchalik farq qilmaydi, ammo har bir
usul faqat ma'lum mezonlarga rioya qilingan taqdirdagina maqbul hisoblanadi.