Academic research in educational sciences volume 1


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 308,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.06.2023
ölçüsü308,81 Kb.
#124943
1   2   3   4   5   6
354-359

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 357  www.ares.uz
 
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaraydi va asosiy 
diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta`kidlaydi. 
Bu qarashlar boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`rganilayotgan adabiy-badiiy 
asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqmoda. Asar 
tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o`quvchilarning o`quv faoliyatini aniq 
vaqsadga yo`naltirish imkonini beradi.
“Bumerang texnologiyasi“, “Arra” metodi kabi  pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish o`qish materiali – badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq 
maqsadga yo`naltirilishini, o`quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, 
ta`lim oluvchilarga individual yondashishni, o`quvchilar faoliyatini kuzatish va 
tezkorlik bilan baholashni ta`minlaydi.
“Arra” metodida o`rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu 
texnologiya 4-sinfda “O`qish kitobi” darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o`rganishga 
tadbiq etilishi mimkin. Masalan, “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasi o`rganiladigan 
darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4 qismga bo`linadi. Sinf o`quvchilari 
ham 4ta kichik guruhga bo`linadi. Har bir guruhga o`qiydagin qismi belgilab 
ko`rsatiladi. Har bir guruh uchun bir xil topshiriq beriladi:
1-topshiriq. O`qigan qismlarining mazmunini to`liq gapirib berishga 
tayyorlanish.(Guruhning har bir o`quvchisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadi
So’ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda oldingi guruhdagi bitta 
mutaxassis o`quvchi bo’ladi. Ular arra tishlari ketma-ketligida mavzuni - asar mazmuni 
mantiqiy ketma-ketlikda o`rtoqlariga hikoyalab beradi. 
2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob 
beradi: 
1. Malika Kuzbor Malikka nima uchun o`g`li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya 
qilishni topshirdi? 
2. Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o`rgatishining sababini 
izohlang. 
3. Kuzbor Malikning Jaloloddinga o`q otish sirlarini o`rgatishining sababini 
izohlang. 
4. Asar nima uchun to`rt qismga bo`lindi? 

Yüklə 308,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin