Academic research in educational sciences volume 1


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 308,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.06.2023
ölçüsü308,81 Kb.
#124943
1   2   3   4   5   6
354-359

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 355  www.ares.uz
 
KIRISH 
Hozirgi kunga qadar adabiy ta`lim ona tili o`qitish metodikasining tarkibida 
o`rganilib kelinayotgan edi. O`rta umumiy ta`limda adabiyot o`qitish metodikasi 
mustaqil fan sifatida o`z statusiga ega bo`lgani sababli boshlang`ich ta`limda ham 
adabiy ta`lim metodikasiga metodist olimlar metodikaning mustaqil fani sifatida 
qarash lozimligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Ma`limki, XX asrning 2-yarmida boshlang`ich sinf metodikasida badiiy asarga 
estetik jihatdan yondashib san`at asari sifatida o`rganish g`oyasi ilgari surilgan bo`lsa, 
psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o`quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot 
dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Jumladan, 
N.N.Svetlovskaya o`quvchining mustaqil o`qish nazariyasini ishlab chiqqan bo`lsa, 
Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va 
boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O. 
V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab chiqqan metodikada 
o`quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o`qish texnikasini rivojlantirish 
zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib, boshlang`ich ta`lim metodikasi metodik fan 
sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi.
Ma`lumki, badiiy asarlarni o`qish bilan bog`liq holda shaxsni estetik 
tarbiyalash, ya`ni bilim berish, tarbiyalash va e`tiqodlarini shakllantirish; ya`ni 
maktabda o`qitiladigan predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini san`at asari 
sifatida o`rganish vazifalari o`qish darslariga yuklatiladi. 
Har bir fan o`zining o`ganish ob`ekti va predmetiga ega bo`lganidek, hozirgi 
kunda boshlang`ich sinflarda o`qish metodikasi adabiy ta`lim metodikasi sifatida ish 
ko`rishi lozimligi g`oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o`qitish 
sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o`qish metodikasi bolalar adabiyoti 
namunalari asosida o`z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan 
holda boshlang`ich sinfda o`qish darslarining o`rganish ob`yekti – o`quvchilarning 
adabiy ta`limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiqdir. 
“Adabiy ta`lim” atamasi o`zaro bog`liq bo`lgan uch jarayonni o`z ichiga oladi: 
1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o`qitish, ya`ni 
bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o`qitish; 3) shaxsning o`zini 
rivojlantirishini shakllantirish. 
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan “Nima uchun o`rgatish kerak?” 
(badiiy asarni o`rgatish maqsadi), “Nimani o`rgatish kerak?” (adabiy ta`limning 
mazmuni), “Qanday o`rgatish kerak?” (talabalarning – bo`lajak o`qituvchining 



Yüklə 308,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin