ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | Special Issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-4-10-13
bilan (tabiiy va ijtimoiy) muloqotida sezilarli o„zgarishlarni amalga oshiradi va uning fikrlash tarzini va uslubini qayta tashkil qiladi.
An‟anaviy ma‟noda mediamadaniyat audiovizual ijodkorlikning barcha turlarini birlashtiradi. Zamonaviy sivilizatsiya sharoitida audiovizual ma‟lumotlarning ko„pqirraliligini J. Bodrillard, P. Virilio, F. Jeymson ta‟kidladilar. Ularning fikriga ko„ra, mediamadaniyat – bu tasvir va tovushlarni yozib olish va uzatishning zamonaviy texnik usullari (kino, televizion, video, multimedia tizimlari) bilan keng tarqalgan dinamik tasvirlarni uzatish bilan bog„liq madaniyat sohasi. Ushbu atama kulturologik nazariyada bir necha yil oldin qo„llanila
boshlangan, ammo hali ensiklopedik maqomga ega bo„lmagan.
Bugungi kunda mediamadaniyat tushunchasi ostida axborot oqimining intensivligi (birinchi navbatda audiovizual: televizor, kino, video, kompyuter grafikasi,
mobil aloqa, internet, multimedia va boshqalar) tushuniladiki,
bu shaxs tomonidan kompleks, ya‟ni atrof-muhitni ijtimoiy, axloqiy, psixologik, badiiy, intellektual jihatlari bo„yicha rivojlantirish vositasidir.
XULOSA
Yuqorida aytib o„tilganlardan kelib chiqqan holda
biz yangi hodisaga quyidagi
ta‟rifni berishga haqlimiz: mediamadaniyat – bu insoniyat tomonidan madaniy va tarixiy rivojlanish jarayonida ishlab chiqilgan, ijtimoiy ongni shakllantirishga va ijtimoiylashuviga hissa qo„shadigan individual axborot-kommunikatsiya vositalarining to„plamidir. Unga axborot uzatish madaniyati va uni idrok etish madaniyati kiradi; u yoki bu
boshqa mediamatnni idrok etish, tahlil qilish, baholash, mediaijodkorlik bilan shug„ullanish, ommaviy axborot vositalari orqali yangi bilimlarni o„zlashtirishga qodir shaxsiyat rivojlanish darajalari tizimi sifatida ham qaralishi mumkin [4]. Yuqorida aytilganlarning hammasi mediamadaniyat jamiyat bilan birgalikda uning ijtimoiy-madaniy modernizatsiyasi sharoitida rivojlanib boradigan dinamik hodisa ekanligini isbotlaydi.
REFERENCES:
1. Тоффлер Э. Метаморфозы власти. М.:
Изд-во АСТ, 2001. 669 с.
2. Кастельс М. Информационная эпоха: экономика, общество и культура. М.: ГУ ВШЭ, 2000.
3. Понимание медиа. М.; Жуковский, 2003.
4. Кириллова Н. Медиакультура: от модерна к постмодерну. М., 2005.
Academic Research, Uzbekistan 13 www.ares.uz