ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1108-1113 Academic Research, Uzbekistan 1138 www.ares.uz so‗zining lug‗aviy ma‘nosiga to‗xtalib o‗tadigan bo‗lsak, ushbu so‗z yunonchadan
olingan bo‗lib,‖tehnos‖-mahorat, san‘at ‖logos‖ -ta‘limot, fan ma‘nolarini anglatadi.
Bundan kelib chiqadiki, texnologiya so‗zi boshqa terminlarga qo‗shilib, ana shu
sohani rivojlantirish, mahoratini oshirish vazifalarini bajaradi. Umumiy qilib
aytganda, texnologiya sifat jihatdan yangi masalalarni yechish uchun ta‘lim
evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan obyektiv jarayondir. Yangi texnologiyalar katta
ta‘lim imkoniyatlarini ochdi. Ro‗y berayotgan sifat o‗zgarishlar shuni ko‗rsatadiki,
odat bo‗lgan tushuntirishda ―o‗rgatish‖ jarayonlari o‗qituvchilarning kasbiy
imkoniyatlari chegarasidan tashqari chiqib keta boshladi. Vujudga kelgan yangi
texnik, axborot, bosma, eshitish va ko‗rgazma vositalari o‗ziga xos tarzda yangi
metodikalar bilan ta‘lim jarayoniga ko‗pgina yangiliklar kiritib, uning ajratilmas
qismi bo‗lib qolmoqda. Biroq, pedagogik texnologik jarayonning o‗ziga xosligi,
uning an‘anaviy shakllaridan ustuvorligi va hozirgi zamon ta‘limi muammolari real
yechish usullari hali to‗la o‗rganilmagan. Bu haqda chet ellik va o‗zbek avtorlari ko‗p
yozmoqdalar. Lekin barchalari pedagogik texnologiyalar kelajakda ustuvor o‗ringa
ega bo‗lishiga ishonadilar. Hozirda ta‘lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‗lib
qolmay balki, о‗quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‗ynab, uning tashkiliy
shakllari, metodlari, mazmunini o‗zgartiradigan yangi sistema deb tushunilmoqda. Bu
esa, o‗z navbatida, o‗qituvchi va o‗quvchining pedagogik tafakkuriga o‗z ta‘sirini
ko‗rsatmoqda. Texnologiyani bunday tavsif qilish ta‘lim jarayonidagi barcha
tuzuvchilar orasidagi uzviy bog‗lanishning muhimligini, pedagog va o‗quvchining
o‗zaro hamkorligini ko‗rsatadi. O‗quvchi passiv ta‘lim obyektidan faol shaxs ta‘lim
va tarbiya subyektiga aylanadi va aktiv subyekt sifatida o‗qituvchi bilan bu jarayonda
qatnashadi, mustaqil bilim olishga intiladi.
Innovatsion usullarda dars o‗tish jarayonini, ya‘ni zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni boshlang‗ich ta‘lim davridan boshlab tashkillashtirish ta‘lim
tizimida yuqori samara beradi. Bu degani, boshlang‗ich ta‘lim umumiy o‗rta
ta‘limning poydevori hisoblanadi. Ana shu poydevorni mustahkam tarzda bunyod
etish kelgusi davrlardagi ta‘lim jarayonlarining o‗tilishida ham qulayli yaratgan
bo‗ladi. O‗z-o‗zidan kelib chiqadiki, boshlang‗ich ta‘limdan boshlab tashkil etilgan
pedagogik texnologiyalar ta‘limning keyingi davrlarida tshkil etilishida birinchi
bosqich vazifasini o‗taydi.
Talabalarning bilishga bo‗lgan qiziqishi shakllanishining muhim shartlaridan
bin hissiy vaziyat, bilishga bo‗lgan ehtiyoj va ongli fikrlashni rivojlantirishni yaratish
bo‗lishi ham mumkin. Talabalarning bilish faoliyati tuzilmasiga faollik kiradi, ya‘ni
bu shunday ish faoliyatiki, unda bilish faoliyatini jonlantiradigan intellektual,