Academic research in educational sciences volume 2


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 268,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.11.2022
ölçüsü268,99 Kb.
#70622
1   2   3   4   5   6   7
31b3222b-dc74-431f-90c8-487759a2cdd5

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1108-1113 
Academic Research, Uzbekistan 1136 www.ares.uz 
maqsadini ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik 
texnologiya talablarini o‘quv yoki ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish 
imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq 
natijani ko‘zlanmagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib 
kelishi mumkin. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining "Uzluksiz ta'lim 
tizimi va turlari" bo'limida ikki bosqichli oliy ta'limni tashkil etish va rivojlantirish 
uchun amalga oshirish zarur bo'lgan tadbirlar qatorida "yangi pedagogik va axborot 
texnologiyadan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish; o'qitishni 
mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion ta'lim tizimi 
texnologiyasi va vosilalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish"' haqida so'z yuritilgan. 
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish o'qitishni takomillashtirish, ya'ni o'quv jarayoniga 
pedagogik texnologiyalami keng tatbiq qilish, kompyuterli avtomatlashtirilgan 
o'qitish tizimini qo'llash, ta'limda yangi texnikaviy va didaktik vositalar hamda 
multimediya imkoniyatlaridan foydalanish, masofadan o'qitish ta'limini joriy qilish 
kabi o'qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo'llash orqali bajariladi. Rivojlangan 
mamlakatlarda yangi pedagogik texnologiya asta-sekinlik bilan shakllanib, 
O'zbekiston Respublikasiga ham kirib kela boshlagan. Yangi pedagogik texnologiya 
dars jarayonida talabalarni mustaqil fikrlash, erkin faoliyat yuritishga da'vat etadi.
So'nggi yillarda Respublikamizning taniqli pedagog olim va o'qituvchilari 
tomonidan o'quvjarayoniga pedagogik texnologiyalami joriy etish bo'yicha samarali 
izlanishlar olib borilmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasi ilmiy maqolalar, 
davriy nashrlar, anjumanlardagi mavzu va hisobotlarda ham o'z aksini topmoqda. 
Jumladan, respublikamiz olimlari R.X.Jorayev. A.P.Parpiev, N.X.Saydahmedov, 
U.N.Nishonaliev, L.Farberman, L.V.Golish, U.X.Tolipovlar hamda Rossiya pedagog 
olimlaridan 
V.P. 
Bezpalko, 
M.V.Klarin, 
V.M.Monaxov, 
P.I.Pidkasistiylar, 
shuningdek, qozog'istonlik olimlaridan M.J.Aristanov, J.S.Xaydarov va boshqalar o'z 
ilmiy tadqiqotlarida "pedagogik texnologiya" tushunchasining mohiyatini va 
ahamiyatini ochib berishga harakat qilganlar. Hozirgi kunda pedagogika adabiyotlari, 
ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar va rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik 
texnologiya", "ilg'or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya", 
"o'qitish texnologiyasi", "ta'lim texnologiyasi" kabi iboralar keng qo'llanmoqda. 
Ammo ushbu tushunchalar hali ham bir qolipga tushirilmagan va entsiklopidiyalarda 
izohlanganicha yo'q. Bu iboralar mazmunining yagona lalqini ishlab chiqilmagan va 
shuning uchun ularning birbiridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud. 



Yüklə 268,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin