ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 505 www.ares.uz Kelajagimiz vorislari bo‗lgan yoshlarni komil inson sifatida shakllanishlari uchun
umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlardan unumli foydalanish, ularni yangi
texnika va texnologiya bilan qurollantirish lozim ekanligi qayd etilmoqda. Ta‘lim
muassasalari, o‗qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar zimmasiga yuklatilgan
murakkab vazifalar davlat ahamiyatiga ega bo‗lib, ularni amaliyotga joriy etish orqali
ta‘lim va tarbiya texnologiyasini takomillashtirishni, ta‘lim olish uzluksizligini puxta
va ixcham tizim sifatida ishlashini ta‘minlash mumkin.
Bunda ayniqsa, ta‘lim tizimi tarbiyalanuvchilarining jismoniy, axloqiy va aqliy
etukligini ta‘minlash vositalariga alohida e‘tibor berish zarur.
SHuning uchun bilim olish, kasbiy tayyorgarlik ta‘limning ham obekti, ham subekti
hisoblanmish o‗quvchidan mustaqil tafakkurni va aqliy faollikni talab qiladi. Har
qanday o‗quv-tarbiyaviy jarayon ota-onalar, o‗qituvchi hamda o‗quvchilar
munosabatini ifodalovchi murakkab pedagogik tizim hisoblanadi.
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA Psixologiyada bilish faoliyatini kengayishida ta‘lim jarayonlarining o‗rni
haqida Fransiyalik olim J.Godfruaning ―CHto takoe psixologiya‖ nomli 2-jilddan
iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi
masalalari diqqat markazda bo‗lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida
rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab
falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk,
YUm yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning bilish jarayonlarining
rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati,
uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va
mohiyati ochib berilgandir. Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat
―Psixologiya‖ kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo‗llanilganligini,
ong va o‗zini kuzatish tufayli inson o‗zidagi psixik xolatlarni o‗rgana borganligini,
keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o‗rganish zarurati
etilganligini izohlab bergan.
Mazkur holatlarda o‗quvchilar o‗zaro bilish munosabatlari, muloqotga
kirishadilar. Bolalarning bilish faoliyatlari hissiy idrok, nazariy tafakkur va amaliy
faoliyat birligidir. U ta‘limning har bir bosqichida vujudga keladi va muntazam
ravishda rivojlanib boradi. Bilish faoliyati o‗quvchilarning ijtimoiy aloqalari va o‗quv
faoliyatlarining barcha turlarida mustahkamlanadi. SHu bilan bir qatorda, o‗quvchilar
bilish faoliyatining kengayishida o‗quv jarayonlarida muayyan topshiriqlarni
bajarishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.