Academic research in educational sciences volume 2


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 400,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix29.11.2022
ölçüsü400,4 Kb.
#71155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
oquvchilarning-bilish-faoliyatini-kengayishida-ta-lim-jarayonlarining-orni

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 507 www.ares.uz 
Sezgi idrok bilan bog‗liq bo‗ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni 
sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a‘zolarimizga ta‘siri natijasidir. 
Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‗plab, har bir sekundda axborotlar oqimini 
qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi 
olamni va organizm o‗z ichki holatini adekvat ―mos‖ aks ettirishi hosil bo‗ladi. Sezgi 
a‘zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‗llaridan biridir. 
Ta‘lim jarayonida kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarda ixtiyoriy, barqaror, 
mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit 
yaratilishi lozim. Bilish jarayonida mustaqil aqliy faoliyat ko‗rsatish, misollar, 
masalalar echish, didaktik mashqlar bajarish, takrorlash yordamida ixtiyoriy, ongli 
diqqat tarkib topadi. 7-8 yoshli bolalarda diqqatni ixtiyoriy tarzda bir nuqtaga 
jamlash, taqsimlash, ongli ravishda boshqarish ko‗nikmalari shakllanadi. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ma‘lum darajada o‗z faoliyatlarini mustaqil 
rivojlantira oladilar. Ular o‗z rejalari, harakatlarining izchilligini so‗z orqali tasvirlab 
beradilar. Rejalashtirish yordamida o‗quvchilarning ixtiyoriy diqqatlari tarkib topib 
rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarni bilish faoliyatiga jalb etish turli 
aqliy faoliyat usullarini taqozo qiladi. O‗quvchilarning bilim zaxiralari moddiy olam 
haqidagi tasavvurlari yordamida boyib borib bilish faoliyatining shakllanishida o‗quv 
jarayoni muhim o‗rin egallaydi. 
Misol uchun, bolada mantiqiy uylash etilmay turib uni mantiqiy fikr yuritishga 
o‗rgatish foydasiz. 3-7 yoshli davrdagi bolalarning asosiy faoliyati quyidagicha: 
• Predmetli o‗rganish; 
• Individual va predmetli o‗yinlar, jamoaviy syujetli rolli o‗yinlar; 
• Individual va guruhlarda ijod; 
• Musobaqa o‗yinlari; 
• Munosabat o‗yinlari; 
• Ro‗zg‗or mehnati.; 
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‗yinlarning ahamiyati kattadir. 
Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog‗liq bo‗lib inson turmush 
tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi rivojlanishida 
o‗quv-biluv faoliyati muhim o‗rin tutadi. O‗quvchilar bilish faoliyatining kengayishi, 
birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g‗oyalar, dalillar va xalqning 
ijtimoiy tajribasini o‗zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida 
rivojlanish va o‗qitishning o‗zaro aloqadorligi o‗ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‗liga 
ega. Dastlab, pedagoglar o‗quvchilarning rivojlanishi o‗z-o‗zidan amalga oshadi, 
degan fikrni ilgari surganlar. Ta‘limning rivojlanish ta‘sirini aniqlaganlaridan so‗ng, 



Yüklə 400,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin