ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1218 www.ares.uz KIRISH Ma’lumki, o‘zbek tili o‘zbek millatining buyuk boyligi, bebaho xazinasi,
tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-
odatlari va an’alari aynan uning tilida mujassam bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Yuksak
ma’naviyat — yengilmas kuch” asarida shunday fikrlar qayd etilgan: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi...” . Tilimizning ana shunday
jozibadorligini ta’minlovchi vositalardan biri esa metafora hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Metafora tushunchasi ham lisoniy, ham metatil unsuri sifatida antik davr
manbalarida uchraydi. O‘z ilmiy ishlarida metafora hodisasini tadqiq etgan birinchi
olim qadimgi yunon faylasufi Arastu edi. Metafora termini ilk bora Sokratning
“Evagorus” (eramizdan avvalgi 383 yilda yaratilgan) asarida tilga olinsa-da, uning
asosi Arastuning “Poetika”sida ma’noning, zamonaviy terminologik metatil bilan
aytiladigan bo‘lsa, atalmishlardagi denotativ va konnotativ o‘xshashliklar asosida
berilishi sifatida ko‘rsatilgan. Deyarli tilning o‘zi kabi qadimiy bo‘lgan bu hodisa XX
asrga kelib esa ifoda, muomala va anglash vositasi sifatida foydalaniladigan nutqiy
san’at vositasi, til va badiiyat ilmida fenomenal kategoriyaga aylandi.
Kvintilianning fikricha, metafora tabiatan yuksak insoniy lafziy-ma’noviy
tushuncha va hech bir narsa yoki hodisaning ma’nosiz qolmasligiga, shuningdek,
zarurat bo‘lsa, obrazsiz ifodalanmasligiga xizmat qiladi. Manbalarda qayd etilishicha,
Sitseron metaforaga oddiy til vositalari izohlay olmaydigan ma’nolarni anglatadi, deb
qaragan.
Metafora til doirasi bilan cheklanib qolmaydi, chunki insonning fikrlash
jarayonlarining o‘zi metafora. Metafora insonning konseptual tizimida mavjud va
tibbiy
birliklarni
shakllantirishning
samarali
usuli
hisoblanadi.
Metafora
nominatsiyalari uni tuzish paytida o‘ziga xos bo‘lgan izchillikni saqlaydi, shuningdek,
metafora modellari va metaforalarning konseptual shartlanishiga asoslanib, ularning
izchilligini ma’lum bir tizimga keltiradi.
Metafora deyarli barcha nutq uslublarida eng ko‘p uchraydigan funksional-
semantik hodisalardan biridir.