himoyalovchi parda” (Hammabop Tibbiyot Qo‘llanmasi. 2013).
3. Yurak bilan bog‘liq metaforalar. Yurak – ko‘krak qafasi ichida joylashgan,
qon aylanish sistemasidagi markaziy a’zo.
“Bejizga yurakni motor, deb atashmasa kerak. Yuragingizni qay yo‘sinda quvvatlantirasiz?” (“SHIFO-info” gazetasi, 31.10.2019, 12-bet).
4. Og‘iz bilan bog‘liq metaforalar. Og‘iz - ikki jag‘ o’rtasidagi bo‘shliq, u
ovqatlanish, so‘zlash yoki ovoz chiqarish uchun xizmat qiladi. “Bo‘ri og‘iz” - bunday tug‘ilgan bolaning tanglayi bo‘lingan yoki og‘iz bo‘shlig‘ining tepa qismida odatdan tashqari bo‘lgan tirtiq joyi bo‘ladi” (Hammabop
Tibbiyot Qo‘llanmasi. 2013).
5. Ichki a’zolar bilan bog‘liq metaforalar. Bachadon – ayollar tanosil
aʼzosining homila o‘sib yetiladigan ichki qismi. Ichak – ovqat hazm qilish
sistemasining me’dadan boshlanib, orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydigan qismi.
“Bachadon bo‘yinchasi - qin orqasidagi bachadonning ochilish joyi” (Hammabop Tibbiyot Qo‘llanmasi. 2013).
“Ichak - ovqatni hazm qiladigan naysimon ichki a’zo, oshqozon va orqa peshob orasida joylashgan kanal” (Hammabop Tibbiyot Qo‘llanmasi. 2013).
“Verbina damlamasi vena va arteriya tomir devorlarini tozalaydi va mustahkamlaydi. Zararlangan kapillarlar tiklanishiga ko‘maklashadi” (“Salomat
bo‘ling” jurnali, 30.11.2016, 16-bet).
“Antibiotiklar ichak tabiatini buzadi, immunitet tizimining eng nozik tuzilmalarini ishdan chiqaradi” (“SHIFO-info” gazetasi, 12.12.2019, 13-bet).