Academic Research, Uzbekistan 1221 www.ares.uz 6. Oyoq bilan bog‘liq tibbiy metaforalar. Oyoq – gavdaning tayanib turishi
va yurishi uchun xizmat qiladigan a’zo.
“Qo‘rqoq oyoqlarning kasalliklari. Bu nevrologik kasallik, bu alomatlar oyoqlardagi juda yoqimsiz hissiyotdir: oyoqlari og‘riqli, sezib, yonish hissi, bosim bo‘lib, bemorni oyoqlarini doimiy ravishda harakatga keltiradi, chunki bu alomatlarda harakatlarda sezilarli darajada zaiflashadi. Odatda, bu holat kechqurun, yotishdan oldin yoki kechaning birinchi yarmida yomonlashadi, bu esa uyqusizlikka, keyin esa asabiy charchashga olib keladi” (Hammabop Tibbiyot Qo‘llanmasi. 2013).
MUHOKAMA Tibbiyot insoniyat tafakkurining eng qadimiy sohalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish,
kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar majmui hisoblangan tibbiyot
sohasiga hozirgi pandemiya sharoitida juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy tilshunoslikda tibbiyot tilini, tibbiy matnlardagi til birliklarini
o‘rganish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammo tibbiyot sohasini
chuqur o‘rganish, mutaxassislarning o‘zaro kasbiy muloqoti, tibbiy xodimlarni
tayyorlashda ularning leksik zaxirasini oshirish, kasbiy ilmiy adabiyotlarni nashr etish,
sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy mutaxassislar bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirish,
ma’lumot olish va almashish hamda sohaviy lug‘atlarni yaratishda muhim ahamiyatga
ega.
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot sohasi jadal rivojlanayotganligi bois tibbiy
birliklarni o‘rganish ham faol ravishda shakllanmoqda.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, biz ushbu maqolada bu dunyoning aziz-u mukarram
xilqati, mavjudotlar ichra sarvari bo‘lmish inson, uning a’zolari ishtirok etgan tibbiy
metaforalarni tadqiq etar ekanmiz, misollardan ma’lum bo‘lganidek, metaforalar
nafaqat badiiy matn vositasi, balki tibbiy publitsistik matnlar uchun ham muhim
ahamiyatga ega ekan. Tibbiyot sohasiga oid matnlarda qo‘llanilgan metaforalarning
hali biz bilmagan qirralari talaygina, ularni o‘rganish esa keyingi tadqiqotlarimizda o‘z
yechimini kutmoqda.