Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-151-156 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 153 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal juda katta naf ko„rishmoqda
Shuningdek raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo„lgan
qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va
biznes modellari yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud
iqtisodiyotni yangicha tizimga ko„chirish deganidir. Bu tizimning asosiy belgilari
quyidagilardan iborat:
• yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
• elektron hujjat almashinuvi;
• buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
• ma‟lumotlar elektron bazalari;
• CRM (mijozlar bilan o„zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
• korporativ tarmoqlar.
Qulayliklari esa:
1. To„lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo„lkira
va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko„proq va tezroq ma‟lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish
imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste‟molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal
takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo„lib, uning asosiy maqsadi
ma‟muriy tartib va taomillardan o„tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini
oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan.
Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek,
mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay
imkoniyatlar yaratish, byurokratik to„siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi
samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko„zlangan
maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli
texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy
konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo„lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo„shimcha 30 foizga o„stirish imkoni yaratilishi
kutilmoqda.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida
O„zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin.
Tadqiqotlar natijalariga ko„ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi
raqamli
sohada
bo„lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot
kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo„yicha O„zbekiston 170 dan
ortiq davlat ichida 103-o„rinni egallab turishining o„zi
mamlakatimizda bu sohada hali o„z yechimini kutayotgan
masalalar va qilinishi lozim bo„lgan ishlar ko„pligidan dalolat