Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 13 www.ares.uz
iqtisodiyotning eng so„nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib
turiladigan kasbiy ta‟lim dasturlarini yaratish;
-
uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o„zaro
mustahkam
integratsiyani yo„lga qo„yish;
-
ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o„quv-uslubiy
adabiyotlar bilan ta‟minlansh;
-
oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o„qituvchi, metodist va muhandis-
pedagoglarni jalb etish;
-
bo„lajak
o„qituvchilarning bilish faolligi,
kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;
-
oliy ta‟lim muassasalari o„quv amaliyotiga innovatsion o„qitish
texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi[5].
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar,
shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o„zlashtirish
asosida shaxsning kasbiy
faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik
darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari
asosida shaxsda maxsus
nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy-
axloqiy
sifatlarni shakllantirish, bo„lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib
borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik jarayonidir.
Bo„lajak o„qituvchilarning pedagogik amaliyoti
mobaynida ularga kerak
bo„ladigan asosiy narsa bu – kasbiy bilimdir.
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur
bo„lgan axborotlar va o„zlashtirilgan nazariy ma‟lumotlar birlashmasidir .
Kasbiy ko„nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo„ladigan,
shaxsning o„zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi
avtomatlashgan usuldir.
O„rta
maktab
o„qituvchisining
ixtisoslashgan
tavsifnomasi
–
professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M.
Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar
quyidagi kasbiy malakalarni
farqlaydilar[4].
1. Gnostik malakalar.
2. Konstruktiv malakalar.
3. Kommunikativlik.
4. Tashkilotchilik malakalari.