Academic Research in Educational Sciences Volume 4


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix03.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#106841
1   2   3   4   5
kimyo-fanini-hayot-bilan-bog-lab-o-qitishda-zamonaviy-ta-lim-texnologiyalarining-ahamiyati (2)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 4 | Issue 4 | 2023 
ISSN: 2181-1385 
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
198
 
April, 2023 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
 
O‟quvchilarning fanga bo‟lgan qiziqishlarini oshirish uchun an‟anaviy o‟qitish 
jarayonidan farqli ravishda ta‟lim va hayot tamoyili asosida zamonaviy ta‟lim 
texnologiyalarini qo‟llab o‟qitish, ta‟lim sifat samaradorligining oshishiga, samarali 
natijalarga erishishga yordam beradi. 
STEAM ta‟lim texnologiyasi umumta‟lim maktablarida sinf - dars tizimidan 
loyihaviy faoliyatga yondaoshgan holda darsni o„tish, fundamental bilimlarni 
funksional bilimlarga ko„chirish, ularni amaliyotda faol qo„llash jarayoni orqali fanlar 
integratsiyasi, kesishmasida muammolar yechimining yangicha yo„llarini izlash, 
lozim topilsa kashf etishga yo„naltirish kabi vazifalarni qo„yadi. STEAM - ta‟limi, 
haqiqiy hayot bilan bog„lovchi texnologiya.
STEAM: Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiyalar, Engineering - 
muhandislik, Art - san‟at, Mathematics - matematika ma‟nolarini bildiradi. 
STEAM ta‟lim texnologiyasi asosida o`qitish jarayonida o`qitishni hayot bilan 
bog`lash tamoyili to`liqroq amalga oshirilsa, o`quvchilarda kimyo faniga bo‟lgan 
qiziqish uyg`onadi, o`qitish samaradorligi oshadi, o‟z hayoti davomida ro‟y 
beradigan kimyoviy xodisalarni to‟liq anglay oladi. Sodir bo‟lgan jarayonlar haqida 
mustaqil izlanadi va fikr bildira oladi. Tajribalarni bajarish sharoitlarini tashkil etish, 
ularni amalda bajarish, muhokama qilish va o‟qituvchi kuzatuvi ostida mustaqil 
ravishda maqsadga muvofiq tajribalarni o‟tkaza oladi. 
Ta‟lim yondashuv texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda uning 
asosida bilish va badiiy izlanish yotadi. Ushbu ta‟lim yondashuvi, tarbiyalanuvchi va 
ta‟lim oluvchining rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog„laydi. STEAM –
yondashuvi dunyoni tizimli ravishda o„rganishga, atrofda ro„y berayotgan 
jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o„zaro aloqani anglab yetishga
o„zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin