Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Issue 4 | 2023 ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1 197 April, 2023 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal metodlarni qo‟llash orqali o‟quvchilarda: ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish,
yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin [1].
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O„zbekiston
Respublikasi xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to„g„risida”gi PF-5712-son farmonida, innovatsion ta‟lim jarayoniga
o„tish, zamonaviy kadrlarga bo„lgan ehtiyojni inobatga olgan holda STEAM
pedagogika asoslarini o„zlashtirishda, ta‟lim beruvchilarda yangi kasbiy
kompetensiyalarni, zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib
olindi.[2]
Bugungi kunda kimyo fanini boshlang„ich bosqichda o„rganishning nazariy
darajasining ortishi bilan mantiqiy fikrlashning yetarli darajada emasligi,
o`quvchilarning fanga bo„lgan qiziqishining pasayishiga sabab bo„lmoqda.
Shuning
uchun
o`quvchilarda
kimyoviy
moddalardan
foydalanish
madaniyatini, ushbu moddalardan notanish va tanish bo`lgan vaziyatlarda ongli va
xavfsiz ravishda foydalanishni, ehtiyot choralarini, yashash muhitdagi ekologik
me'yorlar va xatti-harakat qoidalarini shakllantirish zarurati, kimyo fanining asosiy
vazifasidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Xalq ta‟limi tizimiga ilg‟or xorijiy tajribani, o‟quv-tarbiya jarayoniga
zamonaviy pedagogik taxnologiyalarni,shu jumladan ta‟lim berishning innovatsion
usullarini joriy etish, o‟quv va o‟quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodini yaratish,
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.
Ushbu Farmon ijrosini ta‟minlash maqsadida qabul qilingan O‟zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta‟limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi № PQ-
3931 son qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasi
xalq ta‟limi tizimini yanada takomillashtirish bo‟yicha chora-tadbirlar dasturi” ning II
bo‟lim, 11 bandida: Umumiy o‟rta ta‟limning yangi davlat ta‟lim standartlari va
o‟quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya,
nuhabdislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish
belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarish uchun avvalo ta‟lim ishtirokchilari –
pedagoglar, metodistlar, o‟quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM metodi va
ta‟lim sifati yo‟nalishida o‟tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar haqida ma‟lumotlarni
bilishi hamda ularni amaliyotda qo‟llash uchun malakalarga ega
bo‟lishlari zarur bo‟ladi.