―Kecha va kunduz‖ romanida XX asr boshlarida Turkistonda bo‗layotgan siyosiy va oilaviy jarayonlar haqida so‗z ketgan. Unda erkaklar o‗z ayollarini qanchalik hurmat qilishi va or-nomus yuzasidan katta qizining ismi bilan chaqirishi, ammo Razzoq so‗fidek odam ahli ayolini ―Fitna‖ deyishi jamiyatda shuday illatli insonlar borligini inkor etmaydi. Shuningdek, o‗zbek xalqining tarixiy nodir durdonalari qay yo‗sinda chet davlatlarga chiqib ketganligiga ham alohida to‗xtalib o‗tilgan va bunga Cho‗lpon yangi zamon kishisi, o‗qimishli jadid tilidan to‗xtab o‗tgan. ―Mamalakatning tarixi, adabiyotiga oid qimmatbaho asarlarni tekinga berish hamda bir rus amaldoriga berish, bilmadim nimaga teng? Menimcha, bu millatga xiyonat! Unday asarlarni siz to‗plasangiz, milliy kutubxona tashkil qilaylik. To‗g‗ri yo‗l – shu!‖
―Kecha va kunduz‖ dialogiyasining bir qismi, ya‘ni ―Kunduz‖i yo‗q bo‗lib ketgan asarning mavhum tugashiga sababchi bo‗ldi va bu bir qancha taxminiy qarashlarni yuzaga keltirdi. Shunday taxminlardan biri sifatida keying qismda Miryoqub asosiy qahramonga aylanish ehtimoli kattaligi, Zebining ozod etilishi va uning ―kunduz‖ hayoti taxmin qilinadi.
Miryoqubning jirkanch hayotdan oydinlik sari chiqayotgan payti, Zebining keyingi taqdiri qay tarzda bo‗lishi o‗quvchi uchun katta qiziqishga sabab bo‗ladi.
Cho‗lpon ―Kecha‖da qahramonlar shaxsiyatini ochib berishda realistik tasvirlashdan foydalanadi. Hech qanday bo‗yoqlarsiz, ayblarini berkitmay asl holicha ko‗rsatib bergan. Quyidagi ta‘riflar orqali bunga guvoh bo‗lishimiz mumkin:
Razzoq so‗fi –
Jadidnamo bir hamshahrining deganidek ―ko‗rgazmaga qo‗yiladigan ajoyib mahluqlardan‖.
Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushurgan va birinchi daf‘a yo‗rgaklagan kampir hazilkashligi va sho‗xligi bilan xotin-xalaj o‗rtasida dong chiqargan Hamro ena emish. Bolani yo‗rgaklaganidan keyin hali uqadar odam kepatasiga1 kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu so‗zlar bilan erkalatgan emish:
―Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo‗ib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Qovog‗ingizni ochsangizchi!bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!‖
O‗shanda kulmagan Razzoq so‗fi undan keyin ham kulmay o‗tdi Qurvonbibi –
So‗figa achchiq qilib bo‗lsami, yo o‗zining yaratilish hamirida shu narsani bormi, har qalay, fitnalikdan, ya‘ni makr va firibdan xoli emas. Erining xotin-xalaj oldida gapirmaganiga
uncha xafa bo‗lmasa ham, lekin o‗z halol xotini oldida gapirmaganiga kuyunadi vas hu kuyish orqasida firib yo‗li bilan so‗fini gapirtiradi, ba‘zida tillarini burro qilib sayratadi …
Chinakam, bechora Qurvonbibikiyim-kechak, ayniqsa, yolg‗iz qizining sepi xususida ko‗p tashvish tortadi. Shunday tashvishlar ustida u chiqolmay ketib, ba‘zi- ba‘zida so‗figa xarxasha hal qilib ko‗radi.
Zebi va Saltanat – qafasning darchasi ochildi!
Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib. ―pirr‖ eta uchmoqdan, keng ko‗klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o‗tirmasdan, shundoq bosh ustida tashlab, chimmatni ―xo‗ja ko‗rsin‖ga tutgan bo‗lib yugurish kerak, xolos.
Enaxon – yo‗qsil bir oilaning qizi edi. Otasi muning yoshligida o‗lib ketgan, onasi ikkovi birgalikda akasining boqimiga qarab qolgan edilar.
Xolmat –
Esini taniganidan beri mehnat peshida chopadi.
Holi eng o‗yinqaroq bola vaqtlarida ham butun qishloqning podasini boqib, oilaning ehtiyojlariga biror narsa qo‗shib turardi. Uning podachi bo‗lgan vaqtlarini hali ham qishloq odamlari havas bilan eslashadi.
Akbarali mingboshi – belida kumush kamoni, yonida kumush sopli qilishi, ustida zarbof choponi bo‗lmasa, hech kim uni amaldor demaydi. Oddiy kiyimda ko‗rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi bor qo‗ychi, yo bo‗lmasa, yaylov tomon bilan ish ko‗radigan tuyachi deb o‗ylaydilar.
Miryoqub –
Do‗konidan har narsa topiladigan bir baqqolga ―farang baqqol‖ deb nom qo‗ygan keksalar har ishda qo‗li bo‗lgan bu odamga ―Miryoqub epaqa‖ laqabini berib xato qilmaganlar. O‗zlari ham bu laqabning to‗g‗riligini osongina isbot qiladilar.
U aralashmagan ish epaqaga kelmaydi.
Haqiqatdan ham, yuqorida ko‗rgan ta‘riflarimiz orqali qahramonlar xarakteri bilan birga yurtimizda bo‗lgan og‗ir muhitni bilish imkoniyatiga ega bo‗la olamiz. Qurvonbibining mana shu davr qurboniga aylangani, Xolmatning o‗yinqaroq davridan boshlab qishloqning podasini boqib ro‗zg‗or yukini ko‗targani, ikki yosh qiz – Zebi va Saltanatning hayotini qafasdagi qush kabi tasvirlash orqali insonlar hayoti naqadar og‗ir kechganini ko‗rsatib bergan. Cho‗lpon bu obrazlar vositasida butun xalq hayotini ifodalab bergan.
Adib ―Kecha va kunduz‖da antroponimlarni o‗zinigina tahlil qilib borar ekanmiz Cho‗lponning mahoratiga tan bermay ilojimiz yo‗q. Quyida olib borilgan o‗rgainishlarni keltiramiz.
Onomastika (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarni, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda "Onomastika" termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.
Onomastika atoqli nomlarni olgan obʼyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obʼyektlarning atoqli nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi.Onomastikaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor.
Antroponimika (antropo ... va yun. onuma – nom) – onomastikaning boʻlimi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qoʻllanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini oʻrganadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab va shaxsni atashlikning turli usullari ham Antroponimning tadqiqot manbaidir.
Yuqoridagi jadval orqali har bir qahramonga berilgan laqablar ularning shaxsiyatini yaqqol ko‗rsatib berishining guvohi bo‗ldik. Bu esa, albatta, o‗quvchi uchun qahramonlar bilan yana-da yaqinroq tanishib olishga yordam beradi. Darhaqiqat, ushbu romanni o‗qigan har bir inson go‗yo u bilan birga yashaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, onomastikaning har bir asar uchun ahamiyati katta bo‗lib, asarda ishlatilgan laqablar, taxalluslar orqali asar qahramonlarining xarakterlarini aniq ko‗rsatish imkoni yuqori. Asar qahramonlarining bir-biriga murojaati orqali ularning munosabatini aniq tahlil qilishimiz mumkin. Yuqoridagi tahlillar vositasida laqablar orqali yaxshi(epaqa) hislatlarni,
qahramonlar yoshini (ena), mansabi-yu (mingboshi, noyib, shig‗vul) kamchiliklarini (echki, puchuq, cho‗loq) bilish imkoniga
ega bo‗lamiz. Asarda qahramonlarini nomlash orqali ham millatning ijtimoiy-siyosiy ahvolini ko‗rsatish imkoni tug‗iladi.