ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
93
Yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli jamoaning ham
tashkil topishi va uning faoliyati unga bog‘liqdir. Chunki jamoaning yo‘nalishi
faqat jamoada tarkib topadi. Shuning uchun jamoa o‘zaro munosabatlar va jamoa
faoliyat tajribasi shunchaki qat’iylikni emas, balki jamoa qat’iyligini, shunchaki
kamtarlikni emas, balki jamoa kamtarligini tarkib toptiradi. Jamoa tarbiyaviy
ta’sirining asosiy tomoni shundaki, u tarbiya subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bolalarni jamoa uchun, jamoa orqali tarbiyalash shaxs shakllanishida muhim rol
o‘ynaydi. Chunki yoshlar faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida o‘zaro
munosabatlar asosida haqiqiy komil inson bo‘lib shakllanadi. Jamoa o‘z a’zolariga
ta’sir ko‘rsatadi, ulardan muayyan xulqatvorni talab qiladi. Jamoaning sog‘lom va
obro‘li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma’qullash yoki
qoralashi, jamoaning sog‘lom tanqidi, o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan ta’sirli va
jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi muhim
omildir. Hammaga ma’lumki, axloq qoidalari va normalarini buzuvchi bolaga
ko‘pgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri o‘tmaydi. Yoki aksincha, aybdor bola
uning xatti-harakatlariga xayrixohlik bildiribgina qolmasdan, balki bir ovozdan va
chinakam qoralagan, yetarlicha zarba bergan ahil jamoaning siquviga qarshi tura
olmaydi. Natijada jamoa talablarining taraqqiy etishi jipslashgan, axloqiy jihatdan
o‘sgan jamoa bilan birga muayyan evolyutsiyani, dinamikani boshidan kechiradi.
Sog‘lom ijtimoiy fikrga, o‘z a’zolariga nisbatan rivoj topgan tanqid va
talabchanlikka ega bo‘lgan, inoq, g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa o‘z
a’zolariga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘ladi hamda ularga to‘g‘ri yo‘nalishda
ta’sir ko‘rsatadi. Ammo buning o‘zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday jamoada
ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini qo‘llay olishi, individual yondoshishi,
nazorat usulini qo‘llash hislatlarini tarkib topshirishdan iborat vazifa bordir.
Jamoada va jamoa uchun tarbiyalash, tarafdori bo‘lgan V.A.Suxomlinskiy ham
bolalar jamoasida bolalar xatti-harakatini muhokama qilishdan qochish zarur,
chunki bundan ayrim hollarda bola psixikasini shikastlanishi, xato va
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblaydi. Darhaqiqat, jamoa inoqlik
bilan kerakli yo‘nalishda ish tutib, ta’sir ko‘rsatishning o‘zini oqlamagan
shakllarini (burchakka turg‘izib qo‘yish, urish, qulog‘ini cho‘zish) qo‘llashga
harakat qilgan ayrim hollarda ham bo‘ladi. Barcha hollarda o‘qituvchining jamoa
ishiga aralashishi va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday bo‘lsa ham,
jamoa ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini tanlay olishiga erishish kerak.
Jamoa orqali bolalar o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek his qilishi muhimdir. Chunki ular
haqiqiy jamoadagina o‘zini-o‘zi anglaydi, kamchilik va yutuqlari, salbiy va ijobiy
sifatlarini farqlaydi, jamoadagi ideal kishilardan o‘rnak oladi, ularga o‘xshashlikka