ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
92
tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta yoshdagi odamlar bola bilan
munosabatda bo‘lmasalar, bola bilan “gaplashmasalar” va o‘ynamasalar, u aqliy
va hissiy taraqqiyot jihatdan keskin suratda orqada qolib ketadi.
Shaxs ong egasi bo‘lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks
ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to‘plangan narsalar bilan
munosabatda bo‘ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Bola
o‘yinga adabiy qahramonga taqlid qilishiga intilishi, munozaralarda qatnashishi -
bularning hammasi maktab bolasi shaxsini faolligining namoyon bo‘lishidir.
Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo o‘zi
haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Aqidani o‘ynagisi kelyapti”.
Undan keyin bolani o‘z-o‘zini anglashining sodda shakli sifatida o‘z xarakter
hislatlarini anglash yuzaga keladi. Lekin faqat yoshlar jamoasining boshqa a’zolari
bilan bo‘ladigan munosabatdagina bolaning o‘z-o‘zini anglashi jamoada o‘z rolini
anglash darajasigacha ko‘tariladi. Boshqalar uni “yaxshi” yoki “yomon” deb baho
berishlarini tushungandan keyingina bola o‘z-o‘ziga baho berishni o‘rganadi.
Mana shunday yo‘l bilan taqlid qilish yuzaga keladi. Avval qisqa muddatli, ba’zan
tasodifiy jarayon sifatida, undan so‘ng esa jamoaning yetarli darajada faol ta’sir
ko‘rsatishi tufayli shaxsning hislati sifatida o‘z-o‘zini tanqid qilish xislati yuzaga
keladi. Shuning uchun tarbiyaning muvaffaqiyatli shartlaridan biri - shaxsni
“jamoada va jamoa orqali tarkib toptirishdir”.
O‘smir o‘z tengqurlari, jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa
manfaatlarini ko‘zlab yashashiga hamda o‘z xatti-harakatlarini ana shu jamoaga
bo‘ysundirishga o‘rganadi. Bola faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida jamoa o‘zaro
birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo‘nalishni taraqqiy ettirish, shaxs va
jamiyat o‘rtasidagi to‘g‘ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan
tashqarida bunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo‘lmaydi. Shuningdek,
tengqurlar jamoasi shaxsning barcha ijobiy sifatlarini (kamtarlik, vijdoniylik,
qat’iylik, o‘z-o‘zini tuta bilish va h.k.) tarkib toptirish va taraqqiy ettirishga ta’sir
ko‘rsatadi. Jamoa yalqovlik, xudbinlik, ichi qoralik, qo‘rqoqlik, o‘z-o‘zini tuta
bilmaslik, ikki yuzlamachilikni fosh qilib tashlaydi.
Muvaffaqiyatsizlikdan gangib qolmaslikka ko‘maklashadi, o‘zini yo‘qotib qo‘yish,
tushkunlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni yoshlar
o‘z tengqurlari jamoasini o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek bo‘ladi. O‘zining yaxshi va
yomon hislatlarini va jamoadoshlarning yaxshi va yomon sifatlarini bilib olish
bilan birga ularga va har qanday hislatlarga ijobiy yoki salbiy munosabatni aks
ettiradilar.