ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online
conference
94
harakat qiladi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash
esa insonning axloqiy sifatidir. Unda bolalar o‘zini-o‘zi qo‘lga oladi, salbiy
sifatlaridan holi bo‘lishga, yaxshi sifatlarni o‘zida shakllantirishga harakat qiladi.
Bu esa jamoaning shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir etishidir.
Bolalarni shaxs sifatida shakllanishida bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy
tadbirlar katta rol o‘ynaydi. Chunki bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan,
ayniqsa
bog‘chalarda uyushtirilgan tadbirlar - jipslashgan bolalar jamoasini tashkil
etishda muhim vositalardan biridir. Bolalarni jamoa
qilib jipslashtirish uchun
dastavval umumiy maqsad bo‘lishi kerak, hammaning manfaatiga to‘g‘ri
keladigan, butun guruh uchun umumiy ish bo‘lishi maqsadga muvofik. Keyin
jamoa orasida ishlarni aniq taqsim qilish va uni bajarilishini muntazam ravishda
tekshirish lozim. Bunda hamma bir kishi ekanligi sezilib turishi lozim. Bu maktab
jamoatchilik topshirig‘ini
yaxshi bajargan sinf, maktab sharafi (hozirgi kunda
bunday tadbirlar mahallalarda ham o‘tkazilishi maqsadga muvofiq), bog‘cha
uchun faxrlanish nimaligini tushunib olish imkonini beradi. Bog‘chalarda,
mahallalarda,
kechalar, ertaliklar,
ekskursiyalar, bayramlarni birgalashib
o‘tkazish bolalar jamoasini tuzishga va uni mustahkamlashga yordam beradi.
O‘zbek xalqining eng yaxshi an’analari
kattalarni hurmat-izzat qilish,
mexmondo‘stlik, uvol va undan qo‘rqish, o‘zaro hamkorlik , hashar yo‘li
bilan
bitmagan ishlarni jamoa bo‘lib bitirish, kattalar bilan salomlashib o‘tish,
qariyalarga yordam berish, yo‘l berish, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘rashish, to‘y va
marosimlarda yordamlashish kabi ko‘plab ishlarga
xayrixohlik bildirishni va
ularni yoshlar ongiga singdirish - bu kundalik hayotimiz jarayonida, yoshlar bilan
o‘zaro munosabatlar, ro‘znoma
va oynomalar sahifalarida, oynan jahon
eshittirishlarida doimo olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Использованная литература:
1. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: OPI, 2013.
2. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2015.
3. Markova A.K. Psixologiya professionalizma. – M.: Znaniye, 2016.
4. Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi pedagoglarini kasbiy shakllantirish /
Monografiya. – T.: Fan, 2014.