ADABIY TALIMDA IBROYIM YUSUPOV HAYOTI VA IJODINI ÒRGATISH
REJA:
Kirish
Asosiy qism
Ibroyim Yusupov hayoti.
Ibroyim Yusupov ijodi.
Ibroyim Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi,
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Ibroyim Yusupov (1929–2008) ijodi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi.
Ibroyim Yusupov 1929 yili Chimboy tumanidagi Ozod qishlog‘ida tavallud topdi. 1949 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini bitirgach, 1961 yilgacha shu oliy dargohda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1961–1962 yillarda “Amudaryo” jurnalining bosh muharriri, keyingi uch yil mobaynida Najim Dav-qorayev nomidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1965–1980 yillarida Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining raisi, 1980–1988 yillarda “Erkin Qoraqalpog‘iston” (sobiq “Sovet Qoraqalpog‘istoni”) gazetasida bosh muharrir, shuningdek, keyingi yillarda Tinchlik qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga (1988–1994), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga (1994–2000) raislik qildi.
Uning she’rlari 40-yillarda matbuotda e’lon qilina boshlandi. Bolaligida qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi namunalarini, Sharq adabiyotlari hamda mumtoz adabiyotimiz namoyandalarini, talabalik yillarida esa rus va jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishib, ularning asarlaridagi badiiyat sirlarini qunt bilan o‘rgandi. Shoir o‘zining ilk asari “Vatanim” she’ri e’lon qilingan paytdan (1946) boshlab, shu bugungacha “Baxt lirikasi” (1955), “Kunchiqar yo‘lovchisiga” (1959), “O‘ylar” (1960), “Yetti navo” (1962), “Dala orzulari” (1966), “Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar” (1971), “To‘maris” (1974), “Ilhom”, “Tashvishlarga boy dunyo” (1987), “Tuzli shamollar” (1988), “Ko‘ngildagi keng dunyo” (1989), “Bekligingni buzma sen...” (1995), “Har kimning o‘z zamoni bor” (2004) kabi she’riy to‘plamlarini nashr ettirdi. Uning ikki jildlik “Tanlangan asarlar” to‘plamlari ikki marotaba – 1978–79 va 1992 yillarda nashr qilingan. Turli yillarda chop etilgan to‘plamlarda shoirning “O‘rtoq muallim”, “Akatsiya gullagan yerda”, “Aktrisaning iqboli”, “Gilamchi ayol”, “Eski favvora ertagi”, “Dala armonlari”, “To‘maris”, “Bulbul uyasi”, “Farishta oy”, “Poseydonning g‘azabi”, “Vatan tuprog‘i” va boshqa doston (poema)lari e’lon etilgan.
Bundan tashqari Ibroyim Yusupov bir qator pesa va publitsistik maqolalarning ham muallifi hisoblanadi.
Asosiy qism
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodi XX asrning ikkinchi yarmi XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyotining yorqin sahifalarini tashkil etgan.
Ibroyim Yusupov Alisher Navoiy, Hofiz g‘azallari, Umar Hayyom ruboiylari, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, T.Shevchenko, Bayron, Gyote asarlarini qorakalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilib, milliy adabiyotni badiiy-g‘oyaviy, shakliy jihatdan boyitdi. Asarlari o‘zbek, rus, qirg‘iz, turkman, qozoq, ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Shoirlikni ma’naviy hayot, mashaqqatli mehnat, g‘urur deb bilgan ijodkor mustaqillik zamoniga yetishib, unga xizmat qilish nasib etganidan quvonib ijod etdi. “Zamondoshlar ko‘ngliga yoqish, yuragiga yo‘l topish – shoir uchun eng azobli va ardoqli ish”, der edi shoir.
Dostları ilə paylaş: |