mohirona qo‘llaydi, ulami turkiy-o‘zbek adabiy nutqiga singdirib
yuboradi, y a’ni o ‘zining tili bo‘lmish turkiy-o‘zbek tili lug‘atini
tashqi omil hisobiga yanada boyishiga olib keladi. Shuni alohida
ta ’kidlash joizki, eski o ‘zbek adabiy nutqining adabiy nutq sifatida
to ‘la-to‘kis shakllanishi va keyingi rivojining ta ’minlanishida
Alisher Navoiyning xizmati va ahamiyati nihoyatda yuksakdir. U
bu nutqda jahon ijodiyoti xazinasini tengsiz durdona asarlari bilan
boyitdi. 0 ‘z asarlari bilan eski o ‘zbck adabiy nutqini o ‘sha
davrdagi eng rivojlangan til hisoblangan fors, arab tillari darajasiga
ko‘tardi, hatto ulardan ustun jihatlarini k o ‘rsatib, ilmiy-nazariy
jihatdan isbotlab berdi (q. Muhokamat ul-lug'atayn).
“Alisher Navoiy eski o'zbek adabiy tilida juda k o ‘p yangi
fonnalar, yangi uslublar yaratdi, shimol, sharq va janubdagi tarqoq
holdagi adabiy tilning formalarini birlashtirib, uning xizmat qilish
doirasini yanada kengaytirdi. U o ‘z davrining mukammal adabiy til
normasini yaratdi”24.
12-§. Hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi ham uzoq taraqqiyot y o ‘lini
bosib o ‘tadi. Alisher Navoiydan so‘ng eski o ‘zbek adabiy nutqi
uzoq vaqt shaklan deyarli o ‘zgarishga uchramadi. “Bobur.
M uhammad Solih, Nishotiy, Muhammad Xoksor singari shoirlar
asarlarining tilida eski
0
‘zbek adabiy nutqidan deyarli farq y o ‘q”25.
Ammo
Dostları ilə paylaş: