Uslubiyat nima? Uning boshqa filologik fanlar bilan
aloqadorligi qanday? Jurnalistika fakulteti talabalariga uslubiyat
fanini o'qitishdan maqsad nima? Fanning vazifasi qanday? Bu va
boshqa savollarga biz quyida to'xtalib o ‘tamiz.
Uslubiyat nutqiy (og'zaki va yozma) muloqot vaqtida til (til
birliklari va kategoriyalari)dan foydalanish haqidagi fandir.
Uslubiyatda, asosan, “til birliklaridan foydalanish yoki “til
birliklarining muayyan vazifani bajarishi haqida so ‘z boradi. Ana
shu vazifa bajarishligiga ko‘ra, u funksiyaviy (vazifaviy) uslubiyat
deb ataladi.
“Til
vositalaridan
foydalanish ...
ga
tildan
foydalanuvehi y a’ni nutq egasi nuqtayi nazaridan qarash lozim.
Til vositalari muayyan vazifa bajarar ekan, nutq egasining
maqsadiga ko‘ra, m a’lum o ‘zgarishlarga uchraydi. Bu o ‘zgarishlar
ayrim til birliklari,
kategoriyalari, so ‘zlar guruhi, grammatik
shakllar, konstruksiyalar (tuzilmalar) va fonemalarda yuz beradi.
Uslubiyat tilshunoslik fanlari orasida alohida o ‘rinni egallaydi.
Boshqa tilshunoslik fanlari tilida
Dostları ilə paylaş: