qo'rqish
hissi y o ‘q, u
xavotirlanish, sergaklanish
m a’no ifodasini beradi;
-
hurkib
so‘zi
m a’no ifodasida esa qo‘rqish hissi m a’no
ifodasi ayon seziladi;
- birinchi holatda xavotirga solgan, sergaklantirgan obyekt
nom a’lum;
- ikkinchi holatda qo‘rquvga sabab b o ig a n obyekt - ikki
kishi m a’lum;
- ikki kishidan biri “qayin otasi bo‘lib chiqmagi”.
Otabek agar har ikki kishi begona ekanini avvaldan bilganda
edi, qo‘rqib o ‘tirmasdi. Chunki ular Otabekka tanish b o ‘lmagan
bir yo^lovchi sifatida qarar va ahamiyat bermas, to ‘qnash kelganda
ham salom-alikdan nariga o ‘tmasdi. Lekin ikki kishidan biri qayin
otasi bo’lsa-eh i...
Ot, tuyalar uncha-munchaga hurkimaydi. U lam i hurkituvchi
ta’sir, y a’ni qo‘rqinch kuchli boMishi kerak. Qayin otasi bilan
uchrashib qolish Otabek uchun kuchli qo‘rqinch edi. Undagi ana
shu qo‘rqinchni ifoda etish uchun Abdulla Qodiriy
hurkib
ravishidan foydalanadi. Aslida,
hurkib
so‘zini kishilar tushib
qolgan holat va ularga xos harakat ifodasi uchun qo‘llash faqat
salbiy m a’noda bo‘iishi mumkin. Lekin Abdulla Qodiriy o ‘z ijobiy
qahramoniga nisbatan qoTiaydi va qayin otasidan qattiq dashnom
olib, izza bo'lgani uchun bunday uchrashuv qay darajada og’ir
ekanini ifodalash maqsadida
hurkib
so‘zini - ijobiy m a’no
b o‘yog‘iga ega b o iish g a “majbur” etadi. Uslubiyat ana shuni
tadqiq etadi, adib individual uslubini ochib beradi.
98
Biz yuqorida uslubiyat nutq madaniyati bilan jips aloqada
degan edik. Zero, uslubiyat funksiyaviy-kommunikativ fanlar
sirasiga kiradi.
Bu fanlami tilga b o ‘lgan umumiy asosiy yondashuv
birlashtiradi. M azkur fanlar til egalarining nutqiy muloqot
jarayonida til vositalaridan foydalanishlaridagi o ‘ziga xoslik va
qonuniyatni o ‘rganadi.
Demak, uslubiyat, nutq madaniyati, ortologiya, ritorika, til
unsurlari va kategoriyalaridan adabiy nutq doirasida oqilona,
m e’yorida foydalanishni tahlil etadi.
Nutq madaniyati haqidagi ta ’limda til birliklaridan kundalik
nutqiy muloqotda. yozma va og‘zaki tarzda adabiy jihatlari
doirasida foydalanish ko‘rib chiqiladi.
Nutq madaniyati deyilganda, alohida olingan bir kishi va aholi
nutq madaniyatining umumiy darajasi ham nazarda tutiladi.
Nutq madaniyati bo‘yicha mutaxassislar amaldagi adabiy
nutq m e’yorlari tizimi nuqtayi nazaridanginaem as, balki individual
hamda umumiy nutqiy madaniyatga uning qanchalik mantiqiylik
bayonidagi aniq-tiniqlik va ifodalilik (estetik) ekanligini ham
nazarda tutadilar.
Adabiy m e’yorlar nuqtayi nazaridan nutq madaniyatiga
quyidagi talablar qo‘yiladi:
- til vositalaridan foydalanishning asoslangan boMishi;
- matn tuzilishi mantiqan izchillikka ega b o ‘Jishi;
- bayon aniq-tiniq, tushunarli b o ‘lishi.
Shunday qilib, nutq madaniyati sohasidagi tadqiqot o‘z ichiga
faqat adabiy nutqnigina emas, balki xalq so‘zlashuv tilini ham
to‘liq qamrab oladi, demak, oddiy og‘zaki so'zlashuv unsurlari,
xalq shevalari, jargonlar - jinoyatchilar argosidan tortib, to kasb-
hunarga oid nutqdagi bilgan-bilmagan holda og'zaki, yozma
nutqqa, shu jum ladan, adabiy nutqqa o ‘tadigan barcha-barcna
unsurlar tahlil etiladi.
Ayni mana shu masalalar bilan shug‘ullanishiga ko‘ra, nutq
madaniyati uslubiyatga yaqinlashadi.
99
Uslubiyat esa nutq madaniyatidan farqli o ‘laroq, asosiy
e ’tiborni adabiy nutqqa hodisalarga ular tufayli erishilgan uslubiy
samara nuqtayi nazaridan qaraydi va unga qanchalik erishilgani
(yoki erishilmagani)ni, adabiy nutq m e’yorlariga asoslangan
matnga qancha o ‘rinli yoki o ‘rinsiz kiritilganini baholaydi.
Nutq madaniyati tadqiq etadigan adabiy nutqqa xos
bo‘lmagan hodisalar doirasi uslubiyatdagidan kengdir. Buni
kundalik nutqda m e’yorlashmagan hodisalar cheklanmagan
miqdorda uchrashi bilan izohlash mumkin. Hatto shaxsiy
yozishmalar ham bundan holi emas. Agar kundalik nutqiy
muloqotda
m e’yorlashmagan
nutqdan
bevosita
turmush
tashvishlari xususidagi suhbatlarda, nutqiy muloqot vaziyatga
ko‘ra b o ‘lganda foydalanilsa, adabiy mantga ular muayyan uslubiy
maqsadga ko‘ra kiritiladi.
Individual nutq ham, umumiy nutqiy madaniyat ham til
egasining saviyasiga, ijtimoiy ongga, adabiy nutq rivoji va uning
hozirgi darajasiga bog‘liq.
Abdulla Qodiriyning xoh katta, xoh kichik asarlaridagi
obrazlaming, albatta, hayotda o ‘z prototiplari bo‘Igan. Masalan,
Abdulla Qodiriyning o ‘g ‘li Habibulla Qodiriyning yozishicha,
T o sh p o ia t tajangning hayotida prototipi b o ig a n , u ham “gapni
xuddi Toshpo‘lat kabi uzuq-uzuq, chertib-chertib so'zlar edi”
(Otam haqida 45-b.). Polvon ismi bu shaxsning Qodiriy bilan
suhbatdagi nutqiga e ’tibor beraylik.
-
Shu, degin, Julqunboy uka, - hammayoqni qimorga boy
berib, juda abgor b o iib yurgan chog‘im edi. Bir kun boshim qotib-
qotib ko‘chada borayotsam, yonimdan boyvachcha kiyingan yosh
bir yigit o'tib qoldi. “T o‘xta”, dedim “ San boyvachchani
yoningdagi pulingni bir sanab ko'ray-chi, qancha ekan”, dedim
ichimda (Otam haqida. 46-b.).
Abdulla Qodiriy Polvonning nutqi bilan Toshpo'lat tajangni
so ‘zlatishdan maqsadi qahramoni tabiatini, qiyofasini o'quvchi
ko‘zi o ‘ngida yaqqol gavdalantirish maqsadida badiiy uslub
talabiga k o ‘ra hajviy obraz yaratishdir. 0 ‘tgan asm ing 20-30-
100
yillarida, jam iyatda ana shunday nutq egalariga k o ‘plab duch
kelingan va ular zamonasiga mos edi.
Bugungi
kun “toshpo‘latlar"ining nutqi
esa butunlay
o ‘zgacha:
Dostları ilə paylaş: |