Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/120
tarix28.11.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#168240
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

metonimiya sodir bo 'Igan leksema qanday birikmaning eksplitsit
ifodalangan komponenti va bu komponent denotatining hayotida
ahamiyati bilan bog'liqdir. Eksplitsit ifodalangan komponent
denotati kishi hayotida ahamiyatli bo ‘Isa, pragm atik sema ijobiy,
aksincha bo ‘Isa, y a ’ni salbiy о ‘rin tutsa, pragm atik sema salbiy
subyektiv munosabat ifoda eta d i”13.
Yuqorida keltirilgan matn so f ilmiy nutqqa xos. U faqat 
tilshunos 
mutaxassislar 
uchun, 
xususan, 
tilshunoslikning 
semasiologiya qismi mutaxassislari uchun m oijallangan.
limning boshqa sohalaridan mutaxassis bo ig a n (fizik, 
malematik, biolog va b.)lar uchun, garchi ular oliy m aium otli 
b o isa la r ham matn tarkibidagi terminlar tanish b o im aganidan 
matn tushunarsizligi, tabiiy. Vaholanki, 
semema, sema, hosila
sema, pragmatika, metonimiya, eksplitsit, denotat, leksema
sof 
tilshunoslik ilmi terminlari hisoblanadi. 
Komponent
terminni 
tanish, lekin bitta terminning ayonligi matnda nima deyilmoqchi 
ekanligini tushunish kamlik qiladi.
13 T ohirov Z. T. Pragm atik sem a. -Т .: Zarqalam , 2004. 42-b.
32


Demak, ilmiy matnni ilmiy-ommabop matnga aylantirish 
uchun sof ilmiy terminlarni ular m a’no ifodasini beruvchi so‘zlar 
bilan almashtirish lozim b o ‘ladi.
Semema
- so‘z m a’nosi, sema - so ‘z m a’nosini tashkil etuvchi 
mucha, 
pragmatika
-
ko'chim, metonimiya - boshqacha atash,
eksplitsit - ochiq, ravshan, oshkora, denatat
-
so zning lub
та ’nosi, kom ponet
-
tarkibiy qism, leksema
-
nutq birligi.
Mana, terminlar m a’no ifodasini ar.iqlab oldik. Endi ilmiy- 
ommabop (ommaviy) matn tuzamiz:
Hosila (hosil bo ‘Igan) та ’noning ко ‘chma muchaga ega
bo ‘lishi boshqacha atash sodir bo ‘Igan nutq birligi (so ‘z) qanday
birikmaning ochiq ifodalangan tarkibiy qismi va bu qism tub
m a'nosining hayotdagi ahamiyati bilan bog'liqdir. 
Ochiq
ifodalangan qism tub m a ’nosi kishi hayotida ahamiyatli bo Isa,
ко 'chma mucha ijobiy, aksincha bo ‘Isa, yo ’ni salbiy о ‘rin tutsa,
ко ‘chma mucha salbiy subyektiv m unosabat ifoda etadi.
Ko‘rinadiki, ilmiy va ilmiy-ommabop matn mazmuni bir xil, 
lekin til va uslubga ko'ra farqlanadi.
Demak, ilmiy matn orqali o ‘quvchiga terminlar asosida bilim 
yetkaziladi, ilmiy-ommabop matn uslubida o ‘quvchiga tushuneha 
yetkaziladi.
Ilm-fan rivoji faqat mualliflar oldigagina emas, balki 
muharrirlar oldiga terminologiya bilan jiddiy shug‘ullarish 
muammosini qo‘yadi. M uallif biolog, ximik, fizik, sotsiolog 
bo‘ladimi, terminlarsiz chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borolmaydi. 
Ayniqsa, XXI asrda ilm-fan jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, 
ilm olamida yangidan yangi terminlar paydo bo'layotgau davrda 
arzigulik natijaga erishish mushkul.
Tahrir ilmi ham bu jarayondan chetda qola olmaydi 
Istaymizmi, istamaymizmi muharrir matn tahririda terminlar bilan 
to‘qnash keladi. Agar matnda berilishi lozim bo‘lgan terminlar o ‘z 
o'rnida qo‘llanmas ekan, matn, birinchidan, ilmiylikdan mahrum 
bo‘ladi, ikkinchidan, matn o ‘quvchi uchun “boshqotim ia”ga 
aylanadi. Shuning uchun muharrir qaysi tur (soha) adabiyotni tahrir 
qilishga ixtisoslashgan b o ‘lsa, shu sohaga oid terminlarni yaxshi
33


bilishi. fanga kirib kelayotgan yangi terminlar bilan muntazam 
tanishib borishi talab etiladi.
M uharriming terminshunoslik masalasi bilan muntazam 
shug‘ullanishini, 
ayniqsa, 
ensiklopedik 
asarlar 
(universal 
ensiklopediya, sohaviy ensiklopediya, ensiklopedik lug‘atlar) 
tahriri 
bilan 
shug'ullanuvchi 
muharrirlar 
tom 
m a’noda 
tcrminshunos b o iish i lozim. M a’lumki, ensiklopedik nashiiar 
qisqa muddatda (ikki, uch, hatto besh yilda) qayta nashrdan 
chiqarilmaydi. Qayta nashr uchun 20-30 va undan ortiq yillar talab 
etiladi. Bu vaqt ichida qancha terminlar eskiradi, qancha yangi 
term inlar paydo b o ia d i. Qayta nashr vaqtida bu holni hisobga ola 
bilish uchun terminologiya bilan shug‘ullanish ensiklopedik 
faoliyatning zaruriy jabhasiga aylanishi lozim.
Xullas, terminlar bilan ishlash 
adabiy asarlar nashr 
jarayonining muhim qirrasi hisoblanadi, muharrirning tahririy 
mahoratini belgilovchi muhim faoliyat turi sanaladi.
Adabiyotlami turlarga ajratish ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan muhim ahamiyatga ega.
‘‘Noshirlik va tahrir ishi asosida tumvchi turli bilimlar orasida 
adabiyotlarning tipologiyasi markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur 
bilim sohasi 
adabiy 
asarlarni 
tizimlashtirish 
tamoyillarini 
0
‘rganadi” 14. Bu,o‘z navbatida, adabiyotlarning turi va janrlarini 
tasdiq etish imkonini beradi.
Bugungi kunda kitob d o ‘konlariga nazar soladigan b o isak , 
adabiyotlar nihoyatda rang-barangligining guvohi b o iam iz. 
Adabiyotlar ayrim turlarini tahrir qilishda nazariy jihatdan ikki 
asosiy masala ko‘ndalang turadi.
Bu ikki bir-biri bilan jips b o g iiq masalaning birinchisi, turli 
tavsifdagi asarlar muharrirlik tahlilining ilmiy asoslangan usulini 
ishlab chiqish. Ikkinchisi, muharrir qo iyo zm an i baholashda 
foydalana olish mumkin b o ig a n mezonlami tanlash, tartibga 
keltirish va aniqlashtirishdan iboratdir.

Редактирование отдельних вы дов литературы . П од.ред Н .М .С икорского. У чебник для 
с гу д е н ю в вузов, обучаю щ ихся по специальности «Ж урналистика». - М осква: Высш . школа, 
1 9 8 3 .- 5 - 6 .
34


Adabiyotning ayrim turlarini tahlil qilishda terminologiya 
masalasi ham jiddiy e ’tiborga loyiqdir. Zero, terminlarni q o ilash
adabiyotlar tavsifiga k o ‘ra. keskin farqlanadi.
Ilmiy asarlarda, u qaysi sohaga oid bo'lsa, asosan, shu soha 
mutaxassislari uchun tanish tenninlar uchraydi. 0 ‘quvchida 
temiinlar bilan b o g iiq hech bir tushunmovchilik - muammo 
tug‘ilmaydi. Sababi asar muayyan tor sohaning mutaxassis- 
xodimlari uchun m o ‘ljallanganidadir. M uallif tavsiya etgan 
qo‘lyozmaning 
aniq 
tavsifi 
muharrir 
tahlilining 
asosiy 
maqsadlaridan biridir. Asarning turi, janri, kompozitsiyasi, asos 
materiallardan qay darajada foydalanilgani, bayoni va nihoyat 
terminlardan 
foydalanilgani ik 
darajasi, 
maqsadi, 
kimlarga 
m oijallanganligi va boshqalar tahlil predmeti hisoblanadi. Matn 
tuzishda terminlardan foydalanish, albatta, asar turiga bog‘liq. Asar 
siyosiy, ilmiy, ishlab-chiqarish, texnikaga oid, rasmiy-idoraviy 
tavsifda 
bo‘lishi 
mumkin. 
Bunda, 
tabiiyki, 
terminlardan 
foydalanish matn talabi darajasida b o ‘ladi. Chunki ilmiy, siyosiy, 
rasmiy fikr to ‘laqonliligi, maqsadi shunga bog‘liq.
Agar asar ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop b o is a , unda, 
matn 
tuzishda 
terminlardan 
foydalanish 
yuqondagi 
tur 
adabiyotlardagidan k o ‘ra muayyan darajada farq qiladi. Sababi, bu 
tur 
asarlar 
tor 
soha 
mutaxassislari 
uchun 
emas, 
balki 
um um o‘quvchilarga m o‘ljallanadi. Ular boshlang'ich. o ‘rta, o ‘rta 
maxsus m a’lumotli, shuningdek, oliy m a’lumotli-yu, lekin boshqa 
soha vakili b o ‘lishi mumkin. Shunga k o ‘ra muharrir mazkur tur 
matnlar tahlili va tahririda bu holni, albatta, hisobga olishi lozim.
Q o‘lyozmani baholash muharrir faoliyatida eng mas'uliyatli 
bosqich sanaladi. Baholash mezoni bo‘lib, bilim hisoblanadi. 
T o‘g ‘ri, barcha tur adabiyotlaming matnini baholashda umumiy 
mezonlar ham mavjud. Masalan, albatta, materialning hajmi 
qanday - kattami kichikmi, bundan qat’iy nazar, kirish, asosiy 
qism, xulosadan iborat bo‘lishi lozim. Bundan tashqari adabiy nutq 
m e’yorlariga rioya etilishi, bayon qisqa, lo'nda va tushunarli, har 
bir so‘z, xususan, termin o ‘z o ‘m ida qo‘llanishi talab etiladi.
35


M atnda uchraydigan terminlaming barchasi ham muharrir 
uchun “tanish” bo'lm asligi mumkin. Bunday paytda termin 
haqiqatda shu tur asar matni uchun o ‘rinlimi, ayni, o ‘z tub 
m a’nosida q o ‘llangan ekanligini muharrir idroki (sezgisi), amaliy 
tajribasi yordamida payqashi mumkin. Lekin faqat shulargina 
tenninlam ing tahlili uchun kamlik qiladi.
Q oiyozm ani ilmiy baholashda terminlar, mezonlar asosli 
ekanligi bilan chegaralanmaydi, balki, ular tizimlanganligini ham 
nazarda tutadi.
Ayni bir sohaga oid ham ilmiy, ham ilmiy-ommabop asar 
qo‘lyozmasida terminlar bir miqdor va m e’yorda bo‘lishi adabiy tur 
tushunchasiga mos emas. Agar shunday bo‘lsa, unda tur o ‘z 
m a'nosini y o ‘qotadigin emas, balki o ‘quvchilarining (ayniqsa, 
ommaviy o ‘quvchilar doirasini) toraytiradi.
2-§. Ilm iy-om m abop a s a r m ohiyati va te rm in la r tahlili
Ilmiy-ommabop adabiyot o 'z mohiyatiga ega b o ‘lib, u ilmni 
mavjud hayotdagi muayyan hodisaning mohiyati haqidagi 
tizimlashtirilgan bilim sifatida bayon etadi. U ilmiy adabiyotdan 
farqli o ‘laroq dunyoqarashni shakllantiradi, ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyatga molik bilimlami o‘zida aks ettiradi, y a ’ni o ‘quvchiga 
ijodiy fikriash va faoliyatga undovchi bilishga bo‘lgan qiziqishni 
uyg‘otadi. Ilmiy-ommabop matnlarda terminlar ustida ishlashdan 
maqsad o'quvchi bunday asami o ‘qib muayyan ilmiy ixtisoslikka 
ega b o ‘lishi, soha b o ’yicha o ‘z malakasini oshirishida emas.
Chunki ilmiy-ommabop asar na darslik, na ishlab chiqarish 
y o!riqnomasi emas.
Shunga ko'ra, tor ixtisoslikka oid, amaliyotda faqat muayyan 
sohadagina qo‘llanadigan bilimlar ilmiy-ommabop asarlarga 
kiritilmaydi. 
Ilmiy-ommabop kitoblar ommaviy o ‘quvchiga 
tabiatga, jam iyat va insonga keng miqyosda nazar tashlashga 
imkon beradi. Shunga ko‘ra, temiinlar kitobni o'quvchi uchun 
tanish emas, balki tushunarli b o ‘lishi lozim. Ular ommaviy kitobda 
targ'ib, tashviq, ommalashtirish, o ‘rganish, xabardor qilish va
36


hokazolarga xizmat qiladi. Lekin jam oatchilikning onglilik 
darajasi, 
uning 
ko'rinishlari 
haqidagi 
asoslangan 
ilmiy 
m a’lumotlarsiz bunga erishib boMmaydi. Kimlarga atalganligi 
adabiyotning nima maqsaddaligini, mohiyatini belgilab beradi. 
matnni tuzish, bayon etish shakli va usuliga ta ’sir etadi.
Agar ilmiy adabiyot fanning turli sohalariga taaliuqli b o ‘lib, 
ilmiy bilish uchun xizmat qilsa, ilmiy-ommabop adabiyot kitob 
o ‘quvchilami u yoki bu narsa, hodisa xususida umumiy-ilmiy 
xabardor qiladi. Ilmiy adabiyotning asosiy vazifasi m a’lumot -
ilmiy xulosalangan informatsiya berishdir. Bu tur matnda ko‘plab 
ilmiy temiinlar, so ‘z birikmalaridan foydalaniladi. Ular barchasi 
mantiqiy idrok etilgan tushunchalami belgilashga xizmat qiladi 
ham da katta hajmda mantiqiy xabar tashiydi. Bu adabiyotda
asosan, umumilmiy va mavhum (abstrakt) m a’noli terminlar 
(so'zlar) q o ‘llanadi. Ilmiy matnda ot turkumiga mansub so‘zlar 
(zero, barcha terminlar ot turkumida bo'ladi) k o ‘p uchraydi.
Rasmiy, ish yuritishga oid matnlarning asosiy vazifasi - 
axborot berish. Mazkur soha adabiyotlari janrlar xilma-xilligi bilan 
ham ajralib turadi (masalan, qonunchilik hujjatlari, yo‘riqnomalar, 
hisobotlar, 
qarorlar, 
arizalar, 
m a’lumotnomalar, 
buyruqlar. 
dalolatnomalar, tushuntirish xatlari, bildirish va boshqalar). 
Mazkur tur adabiyotlarda nutqiy mezonlar, matn bayonining umum 
qabul qilingan shakllari, terminlaridan keng foydalaniladi. Ularda 
hissiy-ekspressivlik, 
tildagi 
tasviriy-ta’sirchan 
vositalardan 
foydalanish mutlaqo uchramaydi.
3-§. O m m aviy n a s h rla rd a te rm in la rn in g o‘rni
Ommaviy adabiyotni, ommaviy nashrdan farqlash lozim. Agar 
ommaviy kitob keng o'quvchilar jam oasiga m o ‘ljallangan bo‘lsa, 
(masalan, 
ommaviy-siyosiy, 
ilmiy-ommabop 
adabiyotlar), 
ommaviy nashr deganda, adabiyot turidan qat’iy nazar ko'plab 
nusxada chiqarilgan kitoblar tushuniladi.
Masalan, badiiy nashrlar ommaviy nusxada bosiladi. Ular 
ilmiy-ommaviy adabiyotlardan ancha farq qiladi. Badiiy matnda
37


ham adabiy nutq m e’yorlariga amal qilinsa-da, lekin boshqa tur 
adabiyotlarga xos termin (so‘z)lardan ham foydalaniladi, biroq 
ulardan foydalanish mutlaqo boshqa-boshqa. Agar ilmiy va ilmiy- 
ommabop asarlarda terminlar ilmiy xulosalar chiqarish, mulohaza 
yuritish va hukm chiqarishga, ilmiy m a’lumot berish, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish uchun xizmat qilsa, badiiy asarda 
tasvir, obraz yaratishga xizmat qiladi. Badiiy matn yaratishda 
adabiy nutq m e’yoridan chetga chiqish, grammatika qoidalaridan 
chekinishda, shevaga xos so ‘zlami q o ilash d a erkinlik mavjud. 
Masalan, shevaga xos so‘zlar badiiy asarda nutqni shaxslantirish -
obraz yaratishga xizmat qilsa, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotda 
(masalan, tilshunoslikka oid asarlarda) muayyan shevaga xos 
jihatlam i ilmiy asoslash hamda axborot berishga xizmat qiladi. 
Demak, badiiy adabiyot maqsadi obrazlar orqali fikr yuritish, 
informatsiya yetkazish b o ‘lsa, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar 
maqsadi terminlar orqali fikr yuritish, ilmiy m a’lumot yetkazish 
hisoblanadi.
Quyidagi matnga e ’tibor beraylik:


Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin