S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)
Demak, BEMOR faqat Sotiboldining xotini emas ekan-da! Butun jamiyat bemor – xasta, najotga zor, tuzalishga muhtoj ekan-da! Xuddi shu haqiqatni teran anglaganlari tufayli ham Mu-
navvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy
singari bizning yuzlab jadid bobolarimiz el-u yurt dardini
yengillatish, uni ma’rifatga oshno etish, ilm-u madaniyatini
yuksaltirish, oxir-oqibat mamlakatni istiqlolga olib chiqish
uchun kurashdilar, shu yo‘lda qurbon bo‘ldilar.
Abdulla Qahhorning bor-yo‘g‘i bir sahifaga jo bo‘lgan hi-
koyasi Siz bilan bizni shuncha mulohazaga oshno etdi. Holbuki,