Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/74
tarix02.01.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#42372
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)

Savol va topshiriqlar
bu mulohazalarni yana davom ettirish, hikoya mazmun-mohi-
yatiga yanada chuqurroq kirib borish ham mumkin. Bu bilan esa
yozuvchining badiiy olami sirlari ko‘z oldimizda yaqqol namo-
yon bo‘ladi. Adibning mo‘jaz hikoyalar bag‘riga olam-olam
mazmun sig‘dira bilish, har bir so‘z, jumla ustiga chuqur fikr
yuklash mahoratiga tan beramiz.
Quyida berilayotgan savol va topshiriqlar orqali Siz mana
shu mahoratni o‘zingiz uchun kashf etishga harakat qilasiz
degan umiddamiz.
1. Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga xos bo‘lgan asosiy jihatlarni
esda saqlab qolishga urining.
2. «Bemor» hikoyasi orqali yozuvchi aks ettirgan hayot haqiqati
nimalardan iborat edi?
3. Sotiboldi shahardagi yakka-yu yagona doktorxona ichiga
kirganmi-kirmaganmi? Qayerdan bildingiz?
4. Sotiboldining xo‘jayini Abdug‘aniboy nega shu kasalxonada
emas, Simdagi kasalxonada davolanganini o‘ylab ko‘ring-chi.
5. Sotiboldining «to‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha olib
onasining yuzini karaxt, xira pashshalardan» qo‘rishi hikoya-
ning umumiy ruhiga mos ekanini isbotlang.
6. Bemor yotgan xonadonga boshqa tovush emas, aynan gado-
larning tovushi eshitilishi bilan nimaga urg‘u berilyapti?
7. Bemorga qaragani chiqqan qo‘shni kampirning o‘tirib yig‘la-
shiga sabab nima?
8. Kasal odamga «chilyosin» qildirish nima ekanini uyingizdagi
kattalardan yaxshilab bilib oling.
9. «Chilyosindan bemor tetik chiqqanday» bo‘lishi bilan shamning
yonib tugashi o‘rtasida qanday o‘xshashlik ko‘rasiz?
10. «Bemor» hikoyasi to‘g‘risida uy inshosi yozib sinfda o‘qib
bering.


1 1 8
!
Siz O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning ayrim
hikoya, qissa va romanlarini o‘qigansiz, uning asarlari asosida
tayyorlangan ko‘p qismli videofilmlarni ko‘rgansiz, albatta. U
hozirgi o‘zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biridir.
Bo‘lajak yozuvchi 1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy
Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatga ketgan. U
harbiy xizmatga chaqirilganida Ikkinchi jahon urushi tugash
arafasida edi. Shu paytda Yaponiya davlati bilan urush bosh-
lanib, O. Yoqubov ana shu urushda ishtirok etadi. 50-yillarda
u harbiy xizmatdan qaytib O‘rta Osiyo davlat universitetining
filologiya fakultetida o‘qiydi. So‘ngra turli yillarda O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida, «Literaturnaya gazeta»da, «O‘zbek-
film» kinostudiyasida, nashriyotlarda ishlaydi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin