Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/74
tarix02.01.2022
ölçüsü1,83 Mb.
#42372
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)

Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning
turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...»
(1966-yil), «Ulug‘bek xazinasi» (1973-yil), «Ko‘hna
dunyo» (1982-yil), «Diyonat» (1977-yil), «Oqqushlar,
oppoq qushlar» (1988-yil) romanlari kitobxonlarning
mehrini qozongan.
Bu romanlarda yozuvchi gohi o‘rta asrlar vatanimiz tarixi-
dagi buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya
qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamlar o‘rta-
sidagi mehr-oqibat, muhabbat, adolat, burch kabi yuksak tuyg‘u-
larni asrash to‘g‘risida fikr yuritadi. Shuning uchun ham bu
asarlar hozirgacha o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qiladi.
Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi.
Uning «Adolat manzili» (1998-yil) romani, «Muzaffar Temur»
(1996-yil), «Bir koshona sirlari» (2000-yil) singari pyesala-
ri hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi
kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi
1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan
bo‘lsa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati»
ordenlari bilan mukofotlangan.
Odil Yoqubov 2009-yilda vafot etgan.
Biz quyida adibning istiqlol davrida yaratilgan ta’sirli hi-
koyalarining biri bilan tanishamiz.


1 2 0

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin