5 2
Agar shu parchani adabiy tilning qoidalariga moslab tuzadi-
gan bo‘lsak, mutlaqo boshqacha holat yuzaga kelishini Siz
yaxshi bilasiz. Bunda, garchi, adabiy til qoidalari go‘yo to‘g‘ri-
lansa-da, badiiy asar juda katta narsani yo‘qotishini ham sezib
turibsiz. Chunki badiiy til har doim ham adabiy tilga to‘liq mos
tushavermaydi. Ayniqsa,
badiiy asar qahramoni tili, yuqorida
ta’kidlanganidek, uning yashagan zamoni, yoshi, tajribasi, bi-
limi, kasbi, jinsi, dunyoqarashi va yana boshqa o‘nlab xu-
susiyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Buni teran his etgan
yozuvchi o‘z asarida har bir
qahramonning nafaqat tashqi
ko‘rinishida, balki tili va gapirish uslubida ham o‘ziga xoslikni
ta’minlashning uddasidan chiqqan.
Xulosa qilib aytganda, iste’dodli adib Turob To‘laning «Yetti
zog‘ora qissasi» va undan joy olgan «Do‘nan» hikoyasi Siz-u
bizning dunyoqarashimiz, didimiz, insoniy tuyg‘ularimiz bo-
yishiga kuchli ta’sir qilishi bilan qadrlidir.
1. Turob To‘laning hayotiy va ijodiy faoliyati to‘g‘risida
gapirib
bering.
2. Ota-onangizdan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ha-
qida so‘rang va bilib olganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib
bering.
3. «Do‘nan» asarida Sizga eng kuchli ta’sir qilgan epizod qaysi
bo‘ldi? Buni izohlab berishga harakat qiling-chi.
4. Odam va otning bir-biriga bu qadar mehr qo‘yishining bosh
sababi nimada deb bildingiz?
5. «Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan» Fayzi dastur-
xonchi, Sizning nazaringizda, qanday odam?
6. Bolaning otasi mehmondan otni
qaytarib olib kelmaganini
qanday baholaysiz? U to‘g‘ri qildimi yoki aksincha?
7. Hikoyachining tili va gap ohangidan uning xarakterini ko‘rsa-
tadigan o‘rinlarni topib, izohlab bering.
8. Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» kitobini topib, to‘liq
o‘qib chiqishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: