1 1 5
!
Ilojsizlik, biror joydan yordam umidining yo‘qligi Sotiboldi
va uning oilasiga qo‘shib o‘quvchini
ham qiynaydi, qalbingizda
odam bolasining naqadar uvol bo‘layotganidan nadomat
tuyg‘ulari qo‘zg‘aladi. Boya aytilganidek,
Sotiboldining ozgina
yordamiga umid qiladigani xo‘jayini Abdug‘aniboy edi. O‘zi
«omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lga-
nida» markaziy shaharga – Sim (hozirgi Farg‘ona shahri)ga
borib davolanib kelgan bu bag‘ritosh kimsa xizmatkorining
ayoli yosh o‘lib ketishi mumkinligini bila turib zarracha yordam
ko‘rsatishga yaramaydi. (Biz Sotiboldining xotini hali nisbatan
yosh ekanini uning qizchasi bor-yo‘g‘i to‘rt
yoshga kirganidan
anglashimiz mumkin!) Aksincha, bechora xizmatkoriga uni yana
ham chiqimdor qiladigan turli bid’atlarni maslahat beradi. Axir
uni boy qilgan, xohlagan
joyiga borib davolanishi, istaganicha
maishat qilishi uchun yetarli mablag‘ga ega qilgan Sotiboldi va
unga o‘xshaganlarning mashaqqatli mehnati emasmidi? Nahotki,
bir ayolning hayotidan «izvosh va oq podshoning surati solin-
gan 25 so‘mlik pul» azizroq, qimmatliroq bo‘lsa?..
Dostları ilə paylaş: