Test
|
Qiyosiy tahlil
|
simptom
|
Amaliy ko’nikma
|
Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta’limoti bilan, ham og‘zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog‘lansa, yo‘l, rabot, karvon, o‘q kabilar og‘zaki ijod an’analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari xalqona ruhi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi.
O‘zbek mumtoz adabiyotida ishq talqinlari ko‘p uchraydi. Jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz adabiyot namoyandalaridan farqli – o‘ziga xos tarzda tasvir etiladi. Ahmad Yassaviy Allohga bo‘lgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi. Xo‘sh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq bo‘lish uchun «Alloh debon ichga nur»ni to‘ldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda «Haq zikri»ni qilish, rohat farog‘atdan kechish lozim bo‘ladi.
Tasavvuf va umuman diniy ta’limotlarga ko’ra olamni xudo yaratgan, undan murod insondir, zero inson xudo sevgisiga sazovor. Butun olam: odamlar, yulduzlar, quyosh, oy, qushlar, hayvonlar, kapalaklar, jami xudoning zuhurotidan iborat. Olloh qudratini namoyish etish uchun husnini olamdagi mavjudotlarda ifodalagan. Tangri mislsiz aqlini mutafakkirlarda betaqqos husnini go’zal qiz va yigitlarda, umuman, insonlarda, inchunin, tabiatda namoyon etgan ekan. Xudoning ishqi-may va qadah ular o’z navbatida inson qalbi mayning ramziy ma’nosi-muhabbat. Qadahga-qalbga ishq mayi-muhabbat qancha ko’p qo’yilsa, odamdagi ma’naviy-ruhiy intilishlar o’shancha ko’payadi. Xudo vasliga musharraf bo’lmoq uchun, islom ta’limotiga ko’ra shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat kabi bosqichlarni o’tash joiz. Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat talablari, qonun-qoidalari A. Yassaviyning «Farqnoma» asarida to’liq sharhlanadi. «Fakrnoma»-nasriy asar, u Yassaviy va, Yassaviy tariqatining suluki-yo’lini bayon qiladi. Yassaviy asarni payg’ambar alayhissalomnnig «Al-Faqru faxri» («faq elik faxrimdir») degan hadisiga so’ziga asoslanib bitgan bo’lib, tarbiyaviy ahamiyati ancha katta. «Faqrnoma»da Muhammad s.a.v. tilidan hadislar keltiriladi, bu hol esa asarni hadislarga yaqinlashtiradi. Bu jihatdan «Munojotnoma», aynan «Faqrnoma»ni to’ldiradi, chunki «munajotnoma» ham Ahmad Yassaviy qalamiga mansub, unda Muhammad payg’ambarning hayot yo’li kishilarga namuna sifatida talqin va targ’ib etiladi. Yassaviy qalamiga taalluqli «Hikoyati me’roj» ham oldingi asarlar bilan g’oyaviy jihitdan hamohanglik kasb etadi. «Faqrnoma», «Munojotnoma» va Hikoyati me’roj»lar hadis ilmi hamda ilmi ilohiyot, sohasiga qo’shilgan ulkan ulush sifatida ardoqlidir. Qizig’i nomlari zikr etilgan asarlar turkiy-o’zbek tilida yozilib, o’zbek tilidagi hadis ilmining ibtidosini qo’yganligi bilan alohida qimmatga ega. «Faqrnoma» muhammad tilidan naql qilingan: «Kimki boylarni dunyosi uchun hurmat qilsa abadul abad la’natga giriftor bo’lur, agar faqirga past nazar bilan qarasa oxiratda azobga chalinadi».
Ahmad Yassaviy shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat bosqichlarining xususiyatlaridan kelib chiqib o’z hikmatlarida takabburlikka qarshi «xoksorlik» falsafasini ilgari suradi, mutafakkir nazdida takabburlik adolatning dushmani.
Dostları ilə paylaş: |