G’arib, faqir etimlarni qilg’il shodmon,
Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom topsang, joning bila qilg’il ehson,
Haqdin eshit bu so’zlarni aydim mano.
Bular bejiz aytilmagan, Yassaviy ijtimoiy nohaqlikni chuqur anglaydi, uning mohiyatini teran fahmlaydi. Zotan tasavvufning o’zi bir paytlar mavjud, tuzum adolatsizliklariga norozilik kayfiyatlari ifodasi sifatida maydonga kelgan edi.
Ahmad Yassaviy dunyoparast, molparast, xasis, ochko’z kimsalarni qattiq tanqid tig’i ostig’a oladi:
Dunyoparast nojinslardan buyun tovla,
Buyun tovlab daryo bo’lib toshdim mano.
Umuman, dunyodorlik, ahli havo, manmanlik, takabburlik, nafs balosiga bandalik, mansabparastlik, kibr, xudbinlik, fuqaroga napisand qarash, zulm-zo’rlik, behuda xusumat, adovat, g’iybat, kishilar moliga ko’z tikish, ko’rolmaslik, fisqu fujur, amal otiga minib olib o’zgalarni nazarga ilmaslik kabi illatlar takror-takror eslatilib Yassaviy hikmatlarining asl g’oyasi belgilaydi:
Dostları ilə paylaş: |