To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sari anga havo bo‘lubtur.
Birinchi misra ma’shuqa ishqiga mubtalolik dardining e’tirofian iborat. Buning uchun «yuzung havosi» ifodasi imkon bergan. Ayni paytda u «yuzungning havasi» tarzida ham tushunilishi mumkin. Keyingi misrada esa «yuz»ning «havo» so‘zidan oldinga o‘tkazilishi bilan yangi-yangi ma’nolar paydo bo‘lgan. Unda «yorning yuzi tomon», «yanada» («brogan sari» degan ifodani eslang) kabi ma’nolar ko‘zga tashlanadi.
Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy,
Rahravg‘a baqo fano bo‘lubtur.
Endi gal zid ma’noli so‘zlarni qo‘llashga keladi. «Boqiy»
va «foniy» so‘zlari sof tasavvufi ma’noga ega. Moddiy dunyo orzu havasidan ustun kelsagina, inson haqiqiy olam sirlarini anglash imkoniga ega bo‘ladi. Bu yerdagi «rahrav» obrazi ham e’tiborlidir. U «yo‘l yuruvchi», ya’ni «solik» demakdir. Solikning asl maqsadi baqo-boqiylik, mangulikdir. Mangulik esa fanoda, ya’ni yo‘qlikdadir. Bu, albatta, moddiy olam hoyu havaslarini emas, ma’naviyatning o‘ziga xos qadriyatlarini
nazarda tutadi.