Fanni o'qitish bo'yicha uslubiy tavsiyalar
«Adabiyot» dasturida asosiy mavzular adabiy-badiiy matnni lisoniy-badiiy tahlil etish orqali ham til bilimlarini mustahkamlash nazarda tutilgan. Dasturda «Adabiyot» mavzulariga 136 soat ajratildi.
Akedemik litseydagi ta'lim mazmuni yo'nalishi va o'quvchilarning adabiyotdan o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilimlarni ehtiyoj va qiziqishga muvofiqlashtirib tavsiya etish ma'qul deb hisoblandi.
Bunda o'quvchilarning adabiyotga e'tiborini kuchaytirish, adabiyotning ijtimoiy mohiyatini anglash, o'z adabiyoti tarixi, o'ziga xos tabiatini bilish, undan to'la foydalanish imkoniyatlarini izlashi lozimligini tushuntira va singdira olish orqali amalga oshirilishiga e'tibor berildi.
Mazkur dasturda o'quvchilar amalga oshirishlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikmalar silsilasi, bajariladigan og’zaki va yozma ishlar turlari hamda yod olinishi kerak bo'lgan nazm namunalari ro'yxati berilgan. Badiiy matnni yod olishni talab etish estetik va ma'rifiy ahamiyatidan tashqari o'quvchi xotirasini mustahkamlashi, so'z boyligini oshirib, nutqi jozibali bo'lishiga katta yordam beradi.
Bunday talablarning qo'yilishi orqali o'quvchilarni mustaqil va hur fikr sohibi, badiiy so'zni anglaydigan, undan ta'sirlanadigan, erkin shaxslar sifatida shakllantirish maqsadi ko'zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |