Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari epitetlar – sifatlashlar qo‘llangan.Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya – tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh takrorlanishi mumkin.
O‘ngra qitaynyig‘ o‘lurtachi terman,
Bani o‘g‘uzug‘ o‘lurtachi – o‘q terman.
So‘z takrori ham yodgorlikda ko‘p uchraydi.
Tabg‘ach qag‘an yag‘imiz erti
O‘n o‘q qag‘ani yag‘imiz erti.
Undagi o‘ziga xos tasvir usullaridan yana biri voqea-hodisalarga muayyan yondashish bilan izohlanadi. Ko‘pincha bir necha voqea-hodisalar yoki ular bilan bog‘liq detallar ketma-ket sanaladi:
«Turk budun o‘lti, alqinti, yo‘q bo‘ldi». Bu yerdagi ketmaket sanoq voqea zamiridagi dahshatli musibatni, kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi. Yoki:
«Tabg‘ach, bardanayin teg. Qitany, o‘ngdalayin teg. Ban
yirdantayin tegayin». (Tabg‘ach, sen o‘ngdan hujum qil! Qitan, oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!). Bu o‘g‘uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha. U o‘g‘uzlar firini ifodalamoqda. Bu yerdagi sanoq dushman tomonidan solinayotgan tahdid va xavf-xatar doirasining nechog‘li kattaligini tasavvur etishga imkon beradi. Bularning hammasi To‘nyuquq bitiktoshining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan qadimiy nodir badiiy asar ekanligini yana bir marta tasdiqlab turadi.
Yodgorliklarda inson shaxsi va, ayniqsa, uning erki bilan bog‘liq masalalar teran badiiy tahlil qilingan. So‘zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir. Ammo ular matnda g‘alizlik tug‘dirmagan, aksincha, muallif firining ta’kidlanishiga, alohida urg‘u bilan ko‘rinishiga yordam bergan. Bularning barchasi yodgorliklarning juda katta ma’rifi hamda badiiy-estetik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Turkiy xalqlarning badiiy ijodi moziyning juda qadim qatlamlariga tutashadi. Eramizdan oldingi davrlardayoq yunon tarixchilari ajdodlarimiz orasida mavjud bo‘lgan og‘zaki ijod namunalari: ertak, rivoyat va afsonalar haqida ayrim ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Shuningdek, eramizdan oldingi
Xitoy tarixchilari ham turkiylarning o‘ziga xos qo‘shiq va dostonlari bo‘lganini manbalarda qayd etishgan.
Shu o‘rinda qadimgi davrlarda yashab ijod etgan ayrim adiblarning nomlarini eslatib o‘tish joiz. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyaya-Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yo‘llug‘ Teginlarning nomlari yetib kelgan.
Turli-tuman tarixiy ma’lumotlarga tayanib O‘rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin bo‘ladi. Eramizgacha bo‘lgan V asrda yashagan Herodot To‘maris bilan bog‘liq voqealar tafsilotini keltirgan. Yana bir yunon tarixchisi Polien esa Shiroq haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan.
Dostları ilə paylaş: |