Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Mustamlaka azobi, o‘zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo‘nda, ammo nihoyatda ta’sirchan tarzda ifodalanadi



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə100/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Mustamlaka azobi, o‘zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo‘nda, ammo nihoyatda ta’sirchan tarzda ifodalanadi:
«... Tabg‘achga taslim bo‘lganligi uchun tangri, o‘l degan, shekilli, turk xalqi o‘ldi, yo‘q bo‘ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug‘ qolmadi».
To‘nyuquq yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy arajadagi harbiy unvonlardan biri edi. To‘nyuquq Bo‘gu tarxon hamda Eltarish xoqon (Kul tigin va Bilga xoqonning otasi) bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safia edi. Ammo dushmanlar ham tinch ‘tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi. Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To‘nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo‘lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur’at, ba’zan nihoyatda keskinlik, cho‘rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko‘rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo‘ladi. To‘nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o‘z vatani, xoqoni, qo‘shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o‘zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To‘nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog‘i to‘q edi»
jumlasi orqali ifodalangan
. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To‘nyuquqning «tun uxlagim kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi» deyishi uning o‘z taqdirini xalq
va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko‘rsatib turibdi.

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin