1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Atoyi she’rlarida tazod – qarshilantirish san’atidan mahorat bilan foydalanadi. Chunonchi, «Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur» misrasi bilan boshlanadigan g‘azalida ham shu san’atni ustalik bilan qo‘llab, ta’sirli badiiy samaraga erishganligini ko‘rish mumkin. Shoir yorning
qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini to‘ldirishga xizmat qiladi.