Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Jannatdakim, el onda bo‘lur zindai jovid, Sensiz oni g‘amgoh degumdur dag‘i o‘lgum



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə137/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Jannatdakim, el onda bo‘lur zindai jovid,
Sensiz oni g‘amgoh degumdur dag‘i o‘lgum.
Oshiqning muhabbati shu qadar teran va azaliyki, u yor ko‘yida o‘lib ketsa ham uning ruhi qiyomatga qadar ma’shuqaga hamroh bo‘ladi. Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanadigan g‘azalida ham muhabbat tuyg‘usi tasvir etiladi. Bunda shoir malaksiymo qizning chiroyidan hayratga
tushadi. U shu qadar barkamolki, undagi fazilatlar sanalgan va ularga e’tibor qaratilgan sari oshiqning muhabbati kuchayib boraveradi. Ma’shuqaning yuzi (mengiz) jannat bog‘ini esga tushirsa, og‘zi «g‘unchayi xandon»ni yodga soladi. Qora ko‘zlari qaroqchini, chiroyi esa Turkiston parisini xotirga keltiradi:
Qaroqchi ko‘zlarin kim ko‘rsa aytur:
«Ajab, ayyori Turkistonimdur bu?»
Qaroqchi ham molni, ham jonni olgani kabi ma’shuqa ham o‘ynoqi ko‘zlari bilan oshiqning jonini oladi. Yor o‘zini turfa holatlarda ko‘rsatishga mohir. Shu bois farishta sifatli bo‘lib ham ko‘rinadi. Malohatda tengsiz sanamning xati – labi ustidagi mayin tuklar rayhon singari xush bo‘y taratadi. Xullas, g‘azal to‘lig‘icha parichehraning portretini chizishga bag‘ishlangan. Lekin shoir qizning sirtini ko‘rsatish bilangina kifoyalanmagan. U oxirgi baytda o‘zining miskin va sargardon holatini bir og‘izgina qayd etish bilan ma’shuqaning shafqat bilmaydigan siyratini ham chizib berishga erishgan.
Atoyi ma’shuqani turli holatlarda ko‘rsatishga, uning jabrini har xil nuqtalardan turib tasvirlashga mohir shoirdir. Buni:

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin