1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova
Gah javr bilan o‘ltur meni, gah noz ila sendin,
Haqqoki, mening yo‘q guzarim, netti, ne bo‘ldi?
– – V / V – – V / V – – V / V – –
maf’uvlu / mafoiylu / mafoiylu / fauvlun Hazaji musammani axrabi makfuf mahzuf Atoyi ko‘ngil nolishlari, ruh to‘lg‘onishlari, qalb iztiroblari tasvirini turkiy she’riyatga go‘zal va ta’sirchan yo‘sinda olib kirgan shoirdir. Unda samimiy tuyg‘ular yuksak san’atkorlik bilan ko‘rsatilgani uchun ham hanuzgacha she’rxonlar qalbiga ta’sir etib kelmoqda. «Ey do‘st» radifl g‘azal ko‘p ma’noliligi bilan diqqatga sazovordir. Undagi «do‘st»ni xilma-xil ma’nolarda tavsif va talqin qilish mumkin.