Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


MUHTARAM O‘QUVCHI, E’TIBOR BERING!



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə81/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

MUHTARAM O‘QUVCHI, E’TIBOR BERING! O‘z vaqtida respublikamizning Birinchi Prezidenti: «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fioyilik bilan kurasha olishi mumkin»1, – deb ta’kidlagan edi. Buning uchun esa, albatta, badiiy adabiyot, xususan, qadimiy va boy og‘zaki ijod namunalari, takrorlanmas sehr va jozibaga ega bo‘lgan adabiyotimiz tarixi, zamondoshlarimiz obrazlarining o‘ziga xos
olamini inkishof etishga yordam beradigan zamonaviy adabiyotimiz, olam va odam munosabatlarining turfa qirralarini bir-birini takrorlamagan holda tasvirlab beradigan jahon adabiyotining nodir namunalari bilan yaqindan va jiddiy tanishmog‘imiz talab etiladi.
Ma’naviyat tushunchasini barcha milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yuksak yaxlitligi tarzida talqin etish mumkin. Bu xislat odamning olamdagi moddiy va ma’naviy hodisalarga yaxlit munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Har bir insonning o‘z ongi, tasavvuri, tafakkur tarzi, dunyoqarashi bilan belgilanadigan ichki dunyosi bor. Uning «yaxshi» yoki «yomon» deb nom olishi mana shu ichki dunyoning mazmun va mohiyatiga bog‘liq. Agar u jamiyatning tegishli bosqichdagi talablariga, jamiyat a’zolarining umumiyaxloqiy-madaniy qarashlariga uyg‘un bo‘lsa, yaxshi, aksincha holatda esa yomon degan nom olishi mumkin. Har bir inson jamiyat a’zolari bilan birga yashaydi. Demak, u atrofdagilar ta’sirini ham his qilib turadi. Badiiy adabiyot ana shunday ta’sir ko‘rsatishda katta ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotning din bilan aloqasi, xususan, tasavvufning badiiy adabiyotga ko‘rsatgan ta’siri tufayli undagi insonparvarlik g‘oyalarining yanada kuchli, jozibali va yorqinroq tarzda namoyon bo‘lganini ta’kidlash joiz.Unda insonning faqat o‘ziga xos xususiyatlari emas, balki butun insoniyatga, jamiyatga, tabiatga, olam va odam munosabatlariga daxldorligi ham alohida e’tibor bilan tasvirlangan.Bu tasvirlarning birortasi kishini befarq qoldirmaydi. Ular insondagi yaxshi fazilatlarning ko‘payishiga va, aksincha, yomon xususiyatlarning bartaraf etilishi, yo‘qotilishiga undab turadi.
Inson ma’naviyatini boyitish uchun har qanday adabiyot emas, balki yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan asarlar zarur bo‘ladi. Badiiy asar ta’sirli va yaxshi bo‘lishi, u har qanday kitobxon qalbiga zavq-shavq bag‘ishlashi bilan birga ezgu o‘y hamda orzular yo‘liga yaqinlashtirishi shart.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin