Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Quyida sizlarga darslarda foydalaniladigan ayrim interfaol usullar haqida ma’lumot beriladi



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə82/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Quyida sizlarga darslarda foydalaniladigan ayrim interfaol usullar haqida ma’lumot beriladi.

«Aqliy hujum» texnologiyasi.

«Aqliy hujum » texnologiyasining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammolarini yechish jarayonlarini vaqt bo‘yicha bir qancha bosqichlarga ajratishdan iborat.

Bu texnologiya qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.

Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib, o‘tish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

Ayniqsa, fan bilan bog‘liq muammolarni – fanning nazariy masalalariga oid mavzularni o‘tishda bu usul faol bo‘lib, bunda mavzu bo‘yicha amaliyotda-semenarda o‘quvchilardan fikrlar yig‘iladi. Bu ma'lumotlar turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid bo‘lishi ham mumkin. Bunda asosiy maqsad mavzu bo‘yicha olinadigan ma'lumotlarning miqdoriy belgisidir. Shuningdek, ushbu usuldan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha qarashlari, fikrlari tanqid qilinmaydi, ularga ijodiy-fikriy erkinlik beriladi. Mavzu bo‘yicha aytiladigan har bir fikr, munosabat kabilar rag‘batlantiriladi. Bunda asosiy kuch fikrlar hujumi jarayonini yuqori darajada uyushtirish, o‘quvchilarning deyarli barchasini harakatga keltirish o‘qituvchiga bog‘liq bo‘ladi.

Demak, «Aqliy hujum» usulida o‘quvchilar g‘oyat faol kuchga, ma'lumotlar xazinasini yaratuvchi kuchga aylanadi, ular hujumkor hisoblanadi.. So‘zlarni yozib borish 8 daqiqa davom etadi. Bu jarayon yakunlangach, 5 daqiqa ichida yozilgan so‘zlarni to’g’ri va noto’g’ri bahoga ega bo‘lishligiga ko‘ra ajratib chiqish lozim.




Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin