Bugungi globallashuv davrida har bir o’qituvchi zamon bilan hamnafas bo’lmog’i zarur. Bugungi kun o’qituvchisining boy bilimi va tajribasiga pedagogik texnologiyalarni bilish hamda elektron manbalar bilan izchil ishlay olish sifati ham qo’shilsagina ko’z o’ngimizda zamonaviy pedagog siymosi gavdalanadi.
Ezop
Ezop
masallari
“Ustiga tuz yuklangan eshak”
“Kiyik va tokzor”
“Yovvoyi echkilar va cho'pon”
“Bo‘ri bilan laylak”
“Eshak bilan baqalar”
“Burgut, zag‘cha va cho‘pon”
Doskaga chiqqan o’quvchi
Ezop nomi yozilgan kartochani tanlasa shunday ta’riflashi mumkin: Men juda xunuk ammo aqlli insonman; O’z aqlim bilan hatto hukmdor saroyida xazinadorlik qilganman; Meni Delfa tog’ida o’ldirishgan….
Yoki
Kiyik nomi yozilgan kartochani tanlasa shunday ta’riflashi mumkin:
Men
yovvoyi hayvonman; ovchidan qochib berkinganman; meni qutqarganlarning qadriga yetmaganim uchun jazolandim….
O’quvchilar javobni topgunicha shunday ta’riflash davom etadi.
“
Fikrimni davom ettir” o’yini.o’qilgan asarlar yuzasidan takrorlash yoki darslarni mustahkamlashda foydalanish mumkin bo’lgan bu o’yinda o’quvchilarning barchasi darsga jalb etilishi ta’minlanadi. Mavzu bo’yicha berilgan fikrni keyingi o’quvchi davom ettirishi kerak. Fikrlarda izchillik va mantiqiylik bo’lishini o’qituvchi nazorat qilib boradi. Mavzuga oid fikr berolmagan o’quvchi tik holatda kutib turadi. O’yin yakunlangach tik qoldirilgan o’quvchilar uchun o’yin yangidan boshlanadi. O’yin oxirgi o’quvchining to’g’ri javob berguniga qadar davom etadi. Shundagina o’quvchilar o’z ustilarida ko’proq ishlashadi, o’qib-izlanishadi.
Yuqoridagi kabi o’yinlar bilan bir qatorda muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish ham yaxshi samara beradi. O’quvchi muammoni qay yo’sinda hal etish uchun o’ylaydi va mustaqil fikr bildirish ko’nikmasini egallaydi. Bu jarayonda 5-sinf o’quvchisining yoshi va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda muammoni o’qituvchi qo’yib
berishi foydaliroq, chunki muammo axtarishga chalg’ib o’quvchi darsdan uzoqlashib ketmasligi kerak.
“
MUAMMOLI VAZIYAT” JADVALI
№
|
Vaziyatdagi muammolar turi
|
Kelib-chiqish sabablari
|
Vaziyatdan chiqish harakatlari
|
1
|
Podshoh nega Kenja botirni zindonga solishni buyurdi.
|
Vazirning fitnachiligi,
Podshohning ishonuvchanligi,
Kenja botirning kamtarligi…
|
Malikaning nolalari va Kenja botirning hikoyasi
|
…
|
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 5-sinf adabiyot darsligi Toshkent, O’qituvchi: 2020.
2.
www.ziyouz.com