arxitektonikasi. Adabiy qahramon portreti. Peyzaj. She’riy asarlar kompozitsiyasi.
Epik asarlar kompozitsiyasi. Sharq va G‘arb she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
An’anaviy va modern asarlar kompozitsiyasi.
Mumtoz drama,
tragediya,
komediyalar kompozitsiyasi.
Syujet – qahramonlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni ifodalovchi, asar
mazmunini tashkil etuvchi voqealarning muayyan tartibda joylashtirilishi. Fabula –
biri-biri bilan uzviy bog‘liq hayotiy voqealar jamlamasi.
Badiiy asarda syujetning
o‘rni va ahamiyati. Hayot voqeligi – syujet asosi. Syujet tarkibiy qismlari: voqealar
tuguni,
voqealar rivoji,
voqealar avj nuqtasi, voqealar echimi.
Syujetda badiiy
to‘qima. Sayyor syujetlar. Xronikal syujetli asarlar. Ko‘p tarmoqli syujetli asarlar.
Epik, lirik asarlarda syujet. Drama turiga mansub asarlarda syujet.
5-mavzu. Badiiylik – adabiyotning asosiy xususiyati. Badiiy asar tili
Badiiylik – san’at asosi. Tabiatdagi go‘zallik va san’atdagi go‘zallik. Badiiy
adabiyotda hayot voqeligi va inson obrazi so‘z orqali nafis tasvirlanishi. Badiiylik
– asar mazmuni va shaklining mutanosibligi, uslubining ravonligi,
komponentlarining o‘zaro uyg‘un kelishi, tilining jozibadorligi kabi omillar
jamlamasi. So‘z – adabiyotning asosiy quroli. Badiiy asar matnida so‘z. Badiiylik
– obrazlilik. Obraz, obrazlilik, ramz, majoz. Badiiylik – ijodkor mahorati mezoni.
Badiiylikning epik, lirik asarlarda namoyon bo‘lishi. Drama turidagi asarlarda
badiiylikning aks etishi. Badiiy asar tili va ilmiy asar tili. Obrazlilik – badiiy asar
tili asosi. Badiiy san’atlar: ma’naviy, lafziy san’atlar. Muallif nutqi. Qahramon
nutqi: dialog va monolog. Personajlar portreti tasviri.
Dostları ilə paylaş: