O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA
ADABIYOTI UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
_______________
(OTM rektori)
202___ yil “___”___________
“KELISHILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi
______________________
202___ yil “_____”__________
Ro‘yxatga olindi: ________
202__ yil “___”________
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
100.000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
120.000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi:
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish
(O‘zbek tili)
TOSHKENT – 2020
Лойиҳа
Fan/modul kodi
MBIAF
(bakalavriat)
O‘q
uv yili
2020
-2021
Semestr
1-,7-
ECTS - Kreditlar
4
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek
Haftadagi dars
soatlari
4
1
.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaq
il ta’lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Adabiyotshunoslik
nazariyasi
150
150
300
2
.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – “Adabiyotshunoslik nazariyasi
(Adabiyotshunoslikka kirish)” fani adabiyotning jamiyat ijtimoiy hayotidagi
o‘rni, adabiyotning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, adabiyotning tabiiy va ijtimoiy
fanlar va san’atning boshqa turlaridan farqi, adabiy turlar va janrlar,
ijodkorlarning o‘ziga xos uslubi kabilar to‘g‘risida ma’lumot beradi
1
.
“Adabiyotshunoslik nazariyasi (Adabiyotshunoslikka kirish)”
fanining ahamiyati ijtimoiy hayot va adabiyotni tushunish, badiiy asarlarning
badiiy-estetik darajasini aniqlash, adabiy qahramon va real hayot kishisi
o‘rtasidagi farqlarni ajratish kabilar bilan belgilanadi.
Talabalar bu fanni o‘rganish orqali adabiyotshunoslikning tarkibiy
qismlari, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, badiiy asarning
tarkibiy qismlari, adabiy tur va janrlar, adabiyot va ijtimoiy hayot, ijodiy uslublar,
1
IZOH: O‘quv rejasidagi “Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani ikki qism-“Adabiyotshunoslikka kirish”
hamda “Adabiyot nazariyasi”dan tarkib topgan bo‘lib, “Adabiyotshunoslikka kirish“ 1-kursda, “Adabiyot
nazariyasi” 4-kursda o‘qitiladi.
Лойиҳа
ijodkor uslubi, badiiy obraz, adabiy qahramon, badiiy san’atlar kabilar to‘g‘risida
ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Mazkur fan falsafa, tarix, etika va estetika, san’atshunoslik
yo‘nalishidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan.
Mazkur fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – badiiy asarni tahlil qilish uchun
yo‘llanma berish, badiiy matnni turli metodlar asosida har tomonlama ilmiy-
estetik tahlil qilish, jahon adabiyotshunosligidagi metodlarni adabiy tur hamda
janrlar bo‘yicha yozilgan ilmiy asarlar misolida asoslab o‘rganish, umuman,
adabiyotshunosning ilmiy-estetik tafakkurini shakllantirish ushbu fanning asosiy
maqsadi sanaladi.
-
Dostları ilə paylaş: |