H.Olimjonning «Ishqim bordur o`Sha ohuda» she’ri abbba aavva ggdga ejeja
tartibida qofiyalangan.
O`zbek she’riyatida band 1 misradan 14 misragacha bo`ladi.
QOFIYa poetik asarning muhim bo`lagidir. U she’rni uyushtiradi,
kompozitsiyani tashkil etadi, she’riy qatorning tugallanganligi haqida ogohlantirib,
banddagi misralarni bir-biriga payvandlaydi. SHe’rdagi izchil qofiya butun asarni
Shaklga solib turadi. Ba’zi hollarda esa qofiya janrni hosil qiluvchi asosiy
vositalardan biri sifatida ham rolp o`ynaydi. «Qofiya bo`lmasa, she’r sochilib ketadi»,
- deydi V.Mayakovskiy. Qofiyada she’rning ritmi, intonatsiyasi, sintaktik qurilishi,
leksikasi bilan bog`liq bo`lgan barcha kuchaytirgich liniyalar birlaShadi. Qofiya
she’rdagi ritmni tartbga solishda muhim rolp o`ynab, ritmik qator chegaralarini
belgilaydi. Qofiya bilan tugallangan qatorlarning almashinib turishi ritmni keltirib
chiqaradi.
Qofiya poeziyaning ifoda Shakli bo`lib, ma’noni ta’kidlaydi, fikrni muxtasar,
tugal va ifodali qiladi. Qofiya ohangdoshlik yaratib, kishi tuyg`usiga ta’sir etadi va
shu yo`l bilan ma’noni kuchaytirib, alohida ekspressiv hamda emotsional vazifani
bajaradi.
Qofiya misra oxiridagi ohangdoshlikdir. U qatordagi undosh tovushlarning
tasodifiy takrori bo`lgan alliteratsiyadan hamda xalq og`zaki she’riyatidagi keng
tarqalgan parallelizmdan kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: